Ekstremistlar diqqati Özbekistonga qaratilgan – Lukaşenko

Ekstremistlar diqqati Özbekistonga qaratilgan – Lukaşenko

Qozoğistondagi ekstremistlar nigohi hozirda Özbekistonga qaratilgan. Belarus Prezidenti Aleksandr Lukaşenko bugun, 10 yanvar kuni Kollektif xavfsizlik şartnomasi taşkilotining navbatdan taşqari onlayn sammitidagi nutqida aytib ötdi.

Belarus rahbarining fikriça, Qozoğistondagi ekstremistlarning maqsadi töntariş amalga oşiriş uçun vayronagarçilik, içki uruşni boşlaş bölgan.

Qozoğiston bu muammoni yolğiz özi hal qilolmaydi, deydi Lukaşenko. Unga köra, postsovet davlatlari, ayniqsa Markaziy Osiyo davlatlari yordamga kelişi kerak.

“Avvalo, Özbekiston saboq çiqarişi kerak. Agar bu saboqlar olinmasa, bizdagi maʼlumotlarga köra, ularning (ekstremistlar – tahr.) diqqati Özbekistonga qaratiladi”, degan Lukaşenko KXŞT Kollektiv xavfsizlik kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida.

Şuningdek, Lukaşenko KXŞT rahbarlarini Tojikiston böyiça muzokaralar olib borişga çaqirdi. Belarus rahbarining fikriça, respublika “qöllab-quvvatlaşga, jumladan, harbiy texnikaga muhtoj”.

×