Qozoğiston Milliy xavfsizlik qömitasi (MXQ) xodimlari Olma-ota hududida ikkita ekstremistik uyani zararsizlantirdi. Uya aʼzolari tartibsizliklarda iştirok etgan. Bu haqda “Zakon.kz” qömita Matbuot xizmatiga asoslanib, xabar berdi.
“Qozoğiston Respublikasi MXQ tomonidan ommaviy tartibsizliklar va terrorçilik harakatlari iştirokçilarini qidiriş hamda qölga oliş, şuningdek, sodir etilgan jinoyat holatlarini aniqlaş böyiça çora-tadbirlar körilmoqda. Ayni vaqtda çora-tadbirlar natijasida Içki işlar boşqarmasi hududidagi ikkita ekstremistik uya zararsizlantirildi”, deyiladi xabarda.

Vazirlik maʼlumotlariga köra, keça, 9 yanvar kuni bir uyaning tört nafar aʼzosi katta miqdordagi jinoyatlarni sodir etiş, taqiqlangan ekstremistik taşkilotga rahbarlik qiliş va unda qatnaşiş hamda ekstremistik faoliyatga jalb qilişda gumonlanib, qölga olingan.

“Ularning yaşaş joylarida tintuv ötkazilganda öqotar qurollar, travmatik va şovqinli granatalar, gilzalar, diniy adabiyotlar va boşqa aşyoviy dalillar topilib, olib qöyildi”, deyilgan MQB xabarida.
Qayd etilişiça, uya rahbarlaridan biri xorij fuqarosi bölib, tartibsizliklarda faol iştirok etgan. U xorijdagi terrorçi guruhlar bilan aloqada bölgan.
“Tergov maʼlumotlariga köra, u Qozoğistonda qasddan yirik noqonuniy harakatlarni uyuştiriş hamda hukumat va xavfsizlik idoralariga hujumlar tayyorlaş uçun kelgan. Uning şeriklarini qidiriş işlari olib borilmoqda”, deyiladi xabarda.
Milliy xavfsizlik qömitasiga köra, tergov manfaatlarini közlab boşqa maʼlumotlar oşkor etilişi mumkin emas, tezkor-qidiruv tadbirlari davom etmoqda.









