Toşkentda xorijlik «Ahmadboylar» uşlandi

Toşkentda xorijlik «Ahmadboylar» uşlandi

2020 yilda 29 yoşli Ukraina fuqarosi va Özbekistondan bölgan bir guruh fuqarolar hamkorligida Toşkentda Golden Cash story MÇJ xorijiy korxonasi taşkil etilgan.

Tergov departamenti xabariga köra, kompaniya fuqarolarga korxonaga tilla va kumuş buyumlarni sarmoya sifatida kiritişni taklif qilgan. Buning evaziga MÇJ vakillari yiliga 260 foizgaça bölgan dividendlarni vaʼda qilişgan.

Qayd etilişiça, fuqarolardan 100 dollardan 5 300 dollargaça bölgan narxdagi tilla va kumuş buyumlar qabul qilingan.

Yangi sarmoyadorlarni qiziqtiriş maqsadida, dastlab fuqarolarga maʼlum bir miqdordagi mablağ tölab borilgan. Natijada respublika böyiça minglab fuqarolarning katta miqdordagi mablağlari qölga kiritilgan.

Joriy yilning 17 noyabr kuni Toşkent şahar IIBB huzuridagi TB tomonidan Golden Cash store MÇJ körinişdagi xorijiy korxona va uning mansabdor xodimlariga nisbatan ÖzR JKning 1881-moddasi 2-qismi «v, g» bandlari (pul mablağlarini va (yoki) boşqa mol-mulkni jalb etişga doir noqonuniy faoliyat) bilan qözğatilgan.

Korxonaning mansabdor şaxslariga nisbatan «qamoqqa oliş» tarzidagi ehtiyot çorasi qöllanilgan.

Hozirda mazkur jinoyat işi böyiça fuqarolarga yetkazilgan zararni aniqlaş işlari amalga oşirilmoqda.

×