Namanganda xotinining "öynaşidan" 7 mln söm talab qilgan erkak uşlandi

Namanganda xotinining "öynaşidan" 7 mln söm talab qilgan erkak uşlandi

Namangan viloyatida xotini bilan gaplaşgan yigitdan 7 million söm talab qilgan şaxs uşlandi, deya xabar bermoqda Tergov departamenti.

Qayd etilişiça, 2022 yil 4 yanvar kuni Çortoq tumani «Beşkapa» MFYda yaşovçi 27 yoşli I.A. Namangan viloyati IIB boşliği nomiga ariza bilan murojaat qilgan.

Unda aytilişiça, I.A. 2021 yil noyabr oyida Çortoq tumanida 20 yoşli A.D. (ayol) bilan tanişib, telefon orqali gaplaşib yurganini, 2021 yil 30 dekabr kuni esa Çortoq tumani «Baynalmilal» MFYda yaşovçi 29 yoşli A.M. unga qönğiroq qilib, u gaplaşib yurgan qiz uning şarʼiy nikohdagi xotini ekanini aytgan.

Şu kuni A.M. 3 nafar tanişi bilan birgalikda I.A. bilan körişib, 7 mln söm talab qilib, pullarni bermasa mahallasiga borib, şarmanda qilib, keyin öldiriş bilan qörqitib kelayotganini maʼlum qilgan.

Şu kunning özida, mazkur ariza yuzasidan Namangan viloyati IIB xodimlari tomonidan tezkor tadbir ötkazilib, A.M. Çortoq tumani markazida özining tanişi orqali kimyoviy işlov berilgan 5 million 100 ming söm miqdoridagi pullarni olgan vaqtida tadbir iştirokçilari tomonidan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan Çortoq tuman IIB huzuridagi Tergov bölinmasi tomonidan A.M.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 165-moddasi 1-qismi (tovlamaçilik) bilan jinoyat işi qözğatilgan.

Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

×