Oila jamiyatning birlamçi böğini hisoblanadi. Şunga köra, heçmubolağasiz aytiş mumkinki, oila fuqarolik jamiyatining tayanç nuqtasidir.
Bu aziz dargohda nafaqat inson dunyoga keladi, balki u maʼnan va axloqan tarbiya topadi. Oila hayotning abadiyligini, avlodlarning davomiyligini taʼminlaydigan muqaddas tarbiya öçoğidir.
Binobarin, oila — er-xotin, ularning farzandlari, xonadondagi eng yaqin tuğişganlaridan iborat kişilar guruhidir. Ayni çoğda, oila kişilarning tabiiy, iqtisodiy, huquqiy, maʼnaviy munosabatlarga asoslangan ijtimoiy birligi hamdir.
Oila şunday makonki, unda avlodlar makon topadi va kamolga yetadi. Oila qançalik mustahkam bölsa, jamiyat ham şunçalik mustahkam böladi.
Ota-ona öz farzandlarini voyaga yetguniga qadar boqiş va tarbiyalaşga majbur. Ota-onaning öz farzandlarini voyaga yetguniga qadar moddiy taʼminlaş va tarbiyalaş majburiyati — bu ularning bolalar va jamiyat oldidagi majburiyatlaridir.
Voyaga yetiş yoşi mamlakatimizda 18 yoş qilib belgilangan. Ota-onalar özlarining voyaga yetmagan farzandlariga nisbatan teng huquq va majburiyatlarga ega.
Amaldagi Oila qodeksining 65-moddasida bolaning oilada yaşaş va tarbiyalaniş huquqi belgilangan. Unga köra, har bir bola oilada yaşaş va tarbiyalaniş, öz ota-onasini biliş, ularning ğamxörligidan foydalaniş, ular bilan birga yaşaş huquqiga egadir.
Bola öz ota-onasi tomonidan tarbiyalanişi bilan bir qatorda, öz manfaatlari taʼminlanişi, har taraflama kamol topişi, insoniy qadr-qimmati hurmat qilinişi huquqiga ega.
Oilada bola dunyoga kelişi bilan ota-onaning farzand va jamiyat oldidagi burç doirasi kengayadi. Natijada oilani mustahkamlaş, bolalarga töğri tarbiya beriş masʼuliyati vujudga keladi.
Şu bilan birga, otaning farzand oldidagi qonuniy burçlari, farzandini moddiy taʼminlaş, uning tarbiyasi bilan şuğullaniş va boşqa majburiyatlari vujudga keladi. Konstitutsiyamizda ota-onalar farzandlari voyaga yetgunga qadar ularni boqiş va tarbiyalaşga majbur ekani alohida qayd etilgan.
Oila kodeksida ota-ona farzandiga moddiy taʼminot bermagan taqdirda, bola to voyaga yetguniga qadar ulardan aliment undirilişi belgilab qöyilgan.
Farzandining moddiy taʼminotidan boş tortgan ota yoki onaga sud tomonidan sud buyruği çiqarilib, moddiy taʼminot undirib berilmoqda. Bu holatda ham ular öz majburiyatini bajarmagan taqdirda, maʼmuriy yoki jinoiy javobgarlikka tortilmoqda.
Bu örinda misol keltiriladigan hayotiy voqeada farzandiga taʼminot tölamagani uçun emas, balki aliment tölaşdan butunlay qutuliş uçun turmuş örtoğining umriga zomin bölgan şaxs töğrisida gap boradi.
Çortoq tumanida tuğilgan O. Alişerov (ism-şariflar özgartirilgan) töğri yöldan adaşib, 17 yoşida özidan sakkiz yoş katta M. Matkarimova bilan yaqin munosabatda böladi. Bundan foydalangan ayol uni qamatib yuboriş bilan qörqitib turmuş qurişga majburlaydi.
Natijada O. Alişerov bilan M. Matkarimova turmuş qurişadi.
Aslida axloqsizlikdan boşlangan turmuş ayançli tugaydi.
Ular turmuşlari davrida bir nafar farzandli bölişadi.
Farzand tuğilgaç, ajralib ketişadi.
Şundan söng M. Matkarimova farzandi taʼminoti uçun sudga ariza bilan murojaat qiladi va aliment undiradi. Oradan ança vaqt ötib, alimentdan yuzaga kelgan qarz 23 million sömdan oşib ketadi.
Bu orada M. Matkarimova pulni undiriş töğrisida Majburiy ijro byurosiga va O. Alişerovga bir neça marta murojaat qiladi. O. Alişerov esa, qarzi köpayib ketgani sababli uni «tölaş»ning qinğir yölini tanlaydi.
2020 yil 4 mart kuni M. Matkarimova O. Alişerovning iş joyiga kelib, uni haqorat qilgani yetmagandek, hamkasblariga yomonlab ham ketadi. Şu tariqa O. Alişerovning könglida turmuş örtoğini gumdon qilişdek yovuz niyat paydo böladi.
Öşa kuni sobiq turmuş örtoği işxonasidan ketgaç, O. Alişerov unga telefon qiladi. Keçroq borişini, ikkisi özaro gaplaşib olişini aytadi.
Keçga yaqin O. Alişerov taniş taksiçi A. Qodirovni çaqiradi-da, Uyçi tumani «Soku» mahalla fuqarolar yiğiniga borib, tanişi S. Murodova bilan körişadi. Unga sobiq turmuş örtoği bilan gaplaşib oliş uçun borayotganini aytadi.
Şunda S. Murodova birga borişini aytib, avtomaşinaga çiqadi.
Ular Çortoq tumani Koroskon şaharçasiga borişadi. O. Alişerov bir özi avtomaşinadan tuşib, M. Matkarimovaga qönğiroq qiladi va yetib kelganini aytib, soy böyiga çiqişini söraydi.
M. Matkarimova soy böyiga çiqqaç, O. Alişerov unga bir paytlar yoşlik qilib yangliş qadam qöyganini, u bilan birga yaşaşni istamasligini aytadi. Şunda M. Matkarimova «yaşaş-yaşamasliging mening qölimda, şunday qilamanki, halol otang qamatma deb yalinadi», — deya janjal kötaradi.
Uning gaplaridan ğazablangan O. Alişerov M. Matkarimovadan telefonini olib tekşiriş bahonasida uning böynidan uşlab böğa boşlaydi. Oradan bir neça daqiqa ötib, M. Matkarimova «göp» etib, yerga yiqiladi.
Şundan söng O. Alişerov şoşa-pişa katta yölga çiqib, taksiçiga qönğiroq qiladi-da, Çortoq tumani Koroskon şaharçasidagi çorrahaga yetib kelişini aytadi.
Yölda taksiçi A. Qodirov «Gaplaşib oldingmi?», — deb söraganida, u «Gaplaşa olmadim, öldirdim», — deydi. Uning gapini eşitib, A. Qodirov qörqib ketadi, söng esa, IIBga borib, aybini tan olişini maslahat beradi.
Şundan söng O. Alişerov Uyçi tuman IIBga borib, turmuş örtoğini öldirganini aytadi. Ular Çortoq tuman IIBga bu haqda xabar bergaç, tezkor xodimlar kelib, uni olib ketişadi.
Suriştiruv va tergov işlari natijasida O. Alişerovga Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi «i» bandi bilan jinoyat işi qözğatiladi.
Jinoyat işlari böyiça Namangan viloyat sudi tomonidan uşbu jinoyat işi atrofliça körib çiqilib, O. Alişerovga 17 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.
Qissadan hissa şuki, bola ota-onaning quvonçi, faxri, baxtidir.
Er-xotinni bir-biriga payvand qiladigan ham farzanddir. Ammo bu oilada bola payvand vositasi bölmadi.
Albatta, bolada ayb yöq. Faqat nosoğlom muhit turmuşni izdan çiqarib yuborgani, bir-biriga yoşi ham, dunyoqaraşi ham töğri kelmagan er-xotin atrofidagi yoşi uluğ, tajribali insonlarning bunga loqayd qaragani ular örtasidagi loyqa ariqni jarga aylantirdi. Natijada darz ketgan oilaviy munosabatlar fojia bilan yakun topdi. Bundan kimga ne naf? Yoş umrini uzoq muddat qamoqda ötkaziş O. Alişerovga zaril kelganmidi? Örtadagi ham ona, ham ota mehridan judo bölgan gödakning qismati ne keçadi endi? Körayapsizmi, öylanmay taşlangan birgina qaltis qadam odam bolasiga qançalik qimmatga tuşadi. Demak, hamma gap yetti ölçab, bir kesişda.









