Namanganda universitetga öqişga kiritişni vaʼda qilib, 2,5 ming dollar va 5 mln söm talab qilgan firibgar öqituvçi qölga tuşdi

Namanganda universitetga öqişga kiritişni vaʼda qilib, 2,5 ming dollar va 5 mln söm talab qilgan firibgar öqituvçi qölga tuşdi

Namanganda litsey öqituvçisi universitetga öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilib, 2,5 ming AQŞ dollari va 5 million söm miqdorida pul talab qilgan va ularni olayotgan vaqtida qölga tuşgan. Bu haqda Boş prokuratura matbuot xizmati «Daryo»ga maʼlum qildi.

Boş prokuratura huzuridagi departamentning Namangan viloyat boşqarmasi tomonidan ötkazilgan tezkor tadbirda Namangan Davlat universiteti qoşidagi akademik litsey öqituvçisi R.Q. qölga olindi. R.Q. A.K.ning işonçiga kirib, uning öğlini yuqori lavozimda işlovçi tanişlari orqali NamDUga öqişga kiritib qöyişni vaʼda qilib, 2,5 ming AQŞ dollari va 5 million sömni firibgarlik yöli bilan olgan vaqtida aşyoviy dalil bilan uşlangan.

Mazkur holat yuzasidan R.Q.ga nisbatan Jinoyat kodeksining 168-moddasi 2-qismi (Firibgarlik) va 211-moddasi (Pora beriş) bilan jinoyat işi qözğatilib, tergov harakatlari olib borilmoqda.

×