Gurbanguli Berdimuhammedov haqida: "Prezident studiyada ötirib qöşiq yozayotgani uning tirik ekanining isboti bölolmaydi"

Gurbanguli Berdimuhammedov haqida: "Prezident studiyada ötirib qöşiq yozayotgani uning tirik ekanining isboti bölolmaydi"
Turkman prezidenti Gurbanguli Berdimuhamedov Comedy Central satirik kanalidahajv qilindi. 8 avgust kuni efirga uzatilgan Amerikaning eng ommabop «The Daily Show with Trevor Noah» körsatuvining bir qismi Turkmanistonga, aniqroği turkman prezidenti ölimi haqidagi mişmişlarga rasmiy munosabatga bağişlandi. Bu haqida «Minbar» xabar berdi. Boşlovçi Trevor Noa prezident nima uçun televizorga çiqib «Men tirikman!» deyiş örniga özining qanday dam olayotgani haqida videorolik tayyorlatganiga tuşunmaganini aytgan.
«...Lekin prezident studiyada ötirib qöşiq yozayotgani uning tirik ekanining isboti bölolmaydi. Men hozir Tupas (1996 yili öldirilgan reper) musiqiy studiyada işlayotgan videoni körsatişim mumkin, ammo bu uning tirikligini bildirmaydi-ku... yo bildiradimi?!», – deb hayron bölgan boşlovçi.
Dastur mualliflari turkman prezidentining "yuksak fazilatlari va mahoratini" tarğib qiladigan roliklarning montajini ham kulgiga olişgan. «Prezident şunçaki bouling öynamaydi, u albatta eng yuqori natijalarni körsatişi kerak», – deyiladi dasturda. Asli stomatolog bölgan Turkmaniston prezidenti köp qirrali isteʼdod sohibidir. Mahoratli çavandoz va sportçi bölişdan taşqari, prezident şeʼr yozadi, musiqa bastalaydi va hatto avtopoygalarda qatnaşadi. U, şuningdek, qurol-yaroğning barça turlaridan professional tarzda foydalana oladi.[:]
×