Qozoğistonning Olma-ota şahrida rejissyor va musiqaçi Saken Bitayev öldirildi. Bu haqda uning dösti, jurnalist Doniyor Adilbekov özining Facebook sahifasida eʼlon qilgan.
Taʼkidlanişiça, talonçilar Saken Bitayevni otib öldirgan, u tez yordam kelmasidan vafot etgan. Adilbekovning sözlariga köra, talonçilar Bitayevdan maşina tortib olmoqçi bölgan.
“Olomon orqadan kelib, eşiklarni oçişni boşladi. Talonçilar maşinani tark etgandan keyin otişma boşladi. Bitta öq Sakenning öpkasini teşdi”, deb yozadi jurnalist.
Şuningdek, u Bitayevning ota-onasi öğlining jasadini olib keta olmasligini, çunki şaharda ölimni hujjatlaştiriş uçun politsiya xodimlari yetarli emasligini aytgan. Qayd etilişiça, jinoyatçilar topilmagan.
Maʼlumot örnida, Saken Bitayev Salamalec Sound musiqiy loyihasiga asos solgan va xip-xop janridagi kompozitsiyalarni ijro etgan. U musiqa sohasidagi faoliyatidan taşqari rejissyorlik bilan ham şuğullangan.
Bugun, 8 yanvar kuni ertalab holatiga Olma-otada otişma va aksilterror operatsiyasi davom etmoqda. Şahar aholisi şubhali odamlar guruhlarini aniqlaşda politsiyaga yordam bermoqda. Jangarilar kiçik maydonlar va boğlarda yaşiringan. Qalin tuman huquq-tartibot idoralari xodimlarining işini qiyinlaştirmoqda. Taʼkidlanişiça, Olma-ota viloyatida qölga olinganlar orasida qöşni davlat fuqarolari ham bor.
Qozoğistonda umumiy hisobda 4 mingga yaqin terrorçi qölga olingan. Qozoğiston huquq-tartibot idoralari xodimlari davlat hokimiyati organlarining barça binolarini nazoratga olgan.









