Kinoprodyuser özbekistonlik stomatologni öldirdi

Kinoprodyuser özbekistonlik stomatologni öldirdi

41 yoşli stomatolog Jamol Odilov Özbekistondan Moskvaga köçib ötgan, u 18 yil davomida biror bir jiddiy xatolarsiz mijozlarining tişlarini davolagan.

Rossiyalik kinoprodyuser bir kun oldin unga qöyilgan tiş plombasi tufayli janjal çiqaradi va kutilmaganda şifokorning kökragiga piçoq sançadi.

59 yoşli kinoprodyuser Murad Oganesyan stomatologiya klinikasida uyuştirgan qonli hujumdan keyin beşinçi kuni kasalxonada jabrlanuvçining joni uzildi. Marhum stomatolog Jamol Odilov endigina 41 yoşda edi. Murad Oganesyan uning doimiy mijozi bölgan.

Voqea sodir bölgandan söng, aybdor qoçib ketgan. Şifokor esa kasalxonaga yotqizilgan.

– U komada kasalxonaga olib kelingandi. Tört kundan keyin uning yuragi töxtadi. U huşiga kelmay vafot etdi, – dedi huquq-tartibot idoralaridagi manba.

Jamol Odilov uşbu xususiy klinikada uç yildan ortiq stomatolog bölib işlagan. U Toşkent tibbiyot akademiyasini imtiyozli diplom bilan tamomlagan. Marhum oilali bölgan, farzandlari bor.

Kinoprodyuser Murad Oganesyan hibsga olingan. U öz aybiga iqror bölgan va qilmişini özini nazorat qila olmagani bilan izohlangan. Uning advokatlari sudga ayblanuvçida jiddiy ruhiy kasallik borligi töğrisida maʼlumotnoma kiritişgan. Yaqin orada u statsionar psixiatrik tekşiruvdan ötadi.

×