2021 yil 28 dekabr kuni Ğallaorol tumanidagi Nayman qişloğida yaşovçi fuqarolardan biri hududdagi fermer xöjaligi dala maydonidagi zovur içida yonib ketgan "Spark" maşinasini körib qolgan.
Fuqaro bu haqda Içki işlar organlariga xabar bergan. Şundan söng, voqea joyiga viloyat prokuraturasi va viloyat IIB xodimlaridan iborat tezkor guruh zudlik bilan yetib borgan. Maşina közdan keçirilganda uning içidan kuyib ketgan jasad topilgan. IIO xodimlari tomonidan hududga tutaş yöllardagi kuzatuv kameralar orqali tasvirlar örganilgan.
"Spark" kuzovidagi raqamlar orqali avtoulov egasining şaxsiga oydinlik kiritilgan. Marhum Samarqand şahar "Zarafşon" mahallasida yaşovçi şaxs ekani maʼlum böladi.
IIB xodimlari maşina egasining uyiga borib, uning yaqinlaridan körsatma olganda, ular yigitning bir kun avval uydan çiqib ketib, qaytib kelmagani maʼlum bölgan. Marhum bilan söngi martda aloqada bölgan şaxslarni suriştiriş jarayonida jinoyatga oydinlik kiritildi. Aniqlanişiça, marhum giyohvand bölgan va muqaddam jinoyatga qöl urgani uçun sudlangan.
Uni Jomboy tumani “Beşsaid” MFYda yaşovçi uç nafar şaxs giyohvand moddalar bilan taʼminlab turgan. Yigitning qarzi 2000 AQŞ dollariga yetgaç, beşsaidliklar qarz uzulmagunça giyohvand modda bermasliklarini aytişgan. Yigit ularni aybini IIB aytib berişi aytgaç, ular yigitdan şu yöl bilan qutilişadi.
27 dekabr kuni keçasi yigit "Spark"da yigitlardan giyohvand modda sotib oliş uçun boradi. Ularga 5 million beradi. Taʼminotçilarning "yöq" degan javobiga yigit yana IIB xabar qilişini aytib, döq-pöpisa qiladi. Şunga uç erkakdan biri bolğa bilan unga jarohat yetkazadi. Yana biri teşa bilan uradi. Yigit ketma-ket berilgan zarbalardan qoçişga urinadi. Kutilmaganda suvli zovurga yiqilib jon beradi. Jinoyatçilar jasadni Nayman qişloğidagi dala böyida joylaşgan zovur böyiga olib borişadi va maşinaning old örindiğiga ötqazib, uni zovurga qulatişadi. 10 litr benzin sepib, jasadni maşinaga qöşib, yoqib yuborişgan.









