Namanganda fuqaro suv talaşib, tanişini öldirib qöydi

Namanganda fuqaro suv talaşib, tanişini öldirib qöydi

Namangan viloyati Davlatobod tumanida tanişini kaltaklab, öldirib qöygan şaxs qamoqqa olindi, deya xabar bermoqda viloyat IIB axborot xizmati.

Namangan viloyati Davlatobod tumanida «Namangan parranda sanoat» MÇJga qaraşli mevali boğiga suv quyiş maqsadida borgan fuqaro soat 21:00 lar atrofida öşa yerda yaşovçi tanişi boğiga yönaltirilgan suvni tösib olganidan ğazablanadi va u bilan janjallaşadi.

Fuqaro janjal davomida suvning özanini öziga burib olgan tanişining tanasiga qöllari bilan urib, döpposlaydi.

Oqibatda jabrlanuvçi oğir tan jarohati olib, şifoxonaga yotqiziladi. Biroq tibbiy muolajalarga qaramasdan, 4 kun ötib vafot etadi.

Holat yuzasidan gumonlanuvçiga nisbatan Jinoyat kodeksining 104-moddasi 3-qismi «d» bandi (jabrlanuvçining ölişiga sabab bölgan qasddan badanga oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, qamoqqa oliş ehtiyot çorasi qöllangan.

×