Ular jabrlanuvçining badanining turli sohalariga urib tan jarohati yetkazgan va yoğoçdan yasalgan oşxona kapgiri dastasini uning orqa çiquv teşigiga tiqib azoblaşgan.
Joriy yilning 12 iyun kuni jinoyat işlari böyiça Namangan tuman sudida JKning 97-moddasida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda ayblanayotgan sudlanuvçilar M.M. va M.A.ga oid jinoyat işi körib çiqildi.
Sudlanuvçilar M.M. va M.A. bir guruh bölib, ojiz ahvoldagi şaxsni öta şafqatsizlik bilan qasddan öldiriş jinoyatini sodir etganlar. Jumladan, M.M. va M.A. 2023 yil 19 dekabr kuni M.M.ga tegişli Namangan şahar Davlatobod tumanida joylaşgan xonadonda M.M. bilan uşbu xonadonda birgalikda yaşab kelayotgan O.G. bilan birgalikda spirtli içimlik isteʼmol qilişib, O.G. va M.M. özaro janjallaşib qolişgan. Özaro janjal oqibatida O.G. M.M.ning peşona sohasiga çoynak bilan bir marotaba urib, uning öng qoş usti sohasiga jarohat yetkazib, özining harakatlarini davom ettgan va xontaxta ustida turgan oşxona piçoği bilan M.M.ga jarohat yetkaziş maqsadida taşlangan.
Şu vaqtda M.A. ularni ajratib, O.G.dan piçoqni tortib olib qöymoqçi bölganida, O.G. faol qarşilik körsatib, qölidagi piçoq bilan M.A.ning qorin oldi yuzasi çap tomoniga yuzaki sançilgan jarohat yetkazib, özining harakatlarini davom ettirgan.
Şundan söng, M.M. va M.A. bir guruh bölib, O.G.ni qasddan öldirişni maqsad qilib, M.A. dastlab O.G.ning qölidagi piçoqni tortib olib, söng uning jağ va peşona sohasiga ikki marotaba qöli bilan urgan. Ojiz ahvolda yotgan O.G.ni xonada turgan uy supurgisining uşlagiç tomoni bilan hayoti uçun muhim bölgan boş va yuz qismiga zarbalar berib, oyoqlari bilan qorin va kökrak qafasiga tepgan. O.G. huşsiz ahvolga kelgan vaqtida unga azob beriş maqsadida öta şu joyda bölgan yoğoçdan yasalgan oşxona kapkiri dastasini uning orqa çiqaruv teşigiga tiqib yuborgan.
Şundan söng, M.M. polda huşsiz yotgan O.G.ni ölişini xohlab, qasddan qöl va oyoqlari bilan uning hayoti uçun muhim bölgan boş, yuz, kökrak, qorin qismiga köplab zarbalar bergan. M.A. va M.M. tomonidan yetkazilgan oğir tan jarohatlari oqibatida O.G. şu joyda vafot etgan.
Sud hukmiga köra, sudlanuvçilar M.M. va M.A. JKning 97-moddasi 2-qismi (qasddan odam öldiriş) "v,j,p" bandlarida nazarda tutilgan jinoyatni sodir etganlikda aybli deb topildi va ularning har biriga 15 yil muddatga ozodlikdan mahrum qiliş jazosi tayinlandi.









