Vaktsina huquqi qaysi davlatga birinçi bölib nasib etadi?

Vaktsina huquqi qaysi davlatga birinçi bölib nasib etadi?

Farmatsevtika giganti sanalgan Sanofi Paster koronavirusa qarşi emlaş böyiça  yetakçi  kompaniyalardan biridir. Ammo bu iş xalqaro saʼy-harakatlar doirasida amalga oşirilayotganiga işonmayotganlar ham bor. Sönggi bir neça kun içida uşbu kompaniya turli mojarolar markazida qolmoqda. 

AQŞ  tadqiqodlar uçun  eng köp mablağ  ajratgan davlat sifatida kompaniyadan  vaktsinalarni birinçi bölib oliş huquqiga ega. Ammo bu Yevro Ittifoqining noroziligiga sabab bölmoqda.

Bunga javoban esa Sanofi Yevro Ittifoqni kompaniyaga moliyaviy yordam berişga çaqirdi. Mavzu yuzasidan   kompaniya vakili şunday deydi: “Gap vaktsinani kim birinçi olişi haqida ketmayapti. Lekin AQŞ sönggi haftada sarmoya jalb qiliş, işlab çiqariş quvvatini taʼminlaş böyiça faol harakat olib bordi va ular birinçi bölib vaktsina olişga haqli. Biz Yevro Ittifoqni ham  röyxatdan ötişni tezlaştiriş uçun saʼy-harakat qilişga çaqiramiz”.

Yevropa Ittifoqi esa bu borada aksinça fikrda. Yevro Komissiya vakili Stefan Kreyesmakerning sözlariga köra, hamjihatlik  va birgalikda harakat qiliş Covid-19 ga  qarşi emlaş globol jamoatçilik uçun foydali bölişi kerak va uni oliş  adolatli va universal bölişi kerak deb hisoblaydi.

Şuday qilib, AQŞ va Yevroa Ittifoqi örtasida  vaktsina oliş uçun navbat talaşiş muammosi davom etmoqda.

×