Portugaliyalik futbolçi öyin payti vafot etdi

Portugaliyalik futbolçi öyin payti vafot etdi

Portugaliyaning “Real Massama” klubi yarim himoyaçisi Kevin Kastro örtoqlik uçraşuvi vaqtida maydonda huşidan ketib, vafot etdi. Bu haqda klub matbuot xizmati xabar berdi. 


Maʼlumotlarga köra, Kastro joriy yilning 22 avgust kuni “Eştrela da Amadora”ga qarşi örtoqlik uçraşuvining 10-daqiqasida maydonda huşidan ketgan. Ikki jamoaning tibbiy xodimlari zudlik bilan reanimatsiya işlarini boşlagan, jumladan, defibrillyatordan foydalangan. Biroq ularning urinişlari samara bermagan.

Futbolçi şifoxonaga olib ketilgan, ammo uning hayotini saqlab qolişning imkoni bölmagan.

“Kevin Kastro şunçaki futbolçi emas edi. U bizning oilamizning bir qismi edi va uni maydonda ham, undan taşqarida ham taniş şarafiga muyassar bölgan har bir inson qalbida iz qoldirdi. Uşbu oğir qayğu paytida “Real Massama” futbol klubi Kevin Kastroning oilasi va barça yaqinlariga çuqur hamdardlik bildiradi”, deyiladi klub bayonotida.

“Eştrela da Amadora” klubi ham Kastroning oilasi va “Real Massama” jamoasiga hamdardlik bildirgan.

Maʼlumot uçun, 25 yoşli Kastro futbolçilik faoliyatini Lissabonning “Sporting” klubida boşlagan. Keyinçalik Angliyaga köçib ötgan va “Vest Bromviç”, “Berton Albion”, “Notts Kaunti”, “York Siti” kabi jamoalarda töp surgan.


Teglar:
×