Amerikaning “The World Justice Project” taşkiloti tomonidan eʼlon qilinuvçi "Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmaslik" reytingida Özbekiston 139 ta davlat içida 138-örinni egalladi. Bu haqda Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerboyev maʼlum qildi.

“The World Justice Project” xalqaro nohukumat taşkiloti 2021 yil hisobotini eʼlon qilgan. Taşkilot tomonidan yuritiladigan "Huquq ustuvorligi" indeksining "Qonunlarga rioya qiliş" indikatorining "Hukumat sud qarorisiz va adolatli tovon pulisiz mulkni musodara qilmasligi" subindikatorida Özbekiston maksimal 1 balldan 0,25 ball bilan 139 ta mamlakat içida 138-örinni egallagan.
Özbekistonning 139 ta davlat içida oxirgidan faqatgina bir poğona baland bölganiga deputat özining ijtimoiy tarmoqdagi sahifasida munosabat bildirgan.
"Pozor!" Xususiy mulk daxlsizligi böyiça xalqaro hamjamiyatda Özbekistonning mana şu kulguli ahvolga tuşişiga hissa qöşgan barça amaldorlarga "raxmat!”, deb yozadi deputat Rasul Kuşerboyev.









