Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev va Qozoğiston Respublikasi Prezidenti Qosim-Jomart Töqayev örtasida telefon orqali muloqot bölib ötdi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Matbuot xizmati xabar bermoqda.
“Suhbatda davlat rahbarlari Qozoğistondagi vaziyatning rivojlanişi, respublikadagi holatni barqarorlaştiriş, tez fursatda tinçlik va osoyiştalikni qayta tiklaş borasida körilayotgan çora-tadbirlar yuzasidan fikr almaşdilar.
Özbekiston yetakçisi Qozoğistonning birodar xalqi va rahbariyatini ularning mamlakat barqarorligi va farovonligini taʼminlaş yölidagi saʼy-harakatlarida doimo qöllab-quvvatlaşini yana bir bor tasdiqladi”, deyiladi xabarda.
Eslatib ötamiz, Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyev keça, 5 yanvar kuni qisqa muddatli mehnat taʼtiliga çiqqan edi.









