Finlandiya prezidenti Sauli Niinistyo rossiyalik hamkasbi Vladimir Putinga qönğiroq qildi. Bu haqda Finlandiya prezidenti rasmiy saytida xabar qilindi.
Xabarda yozilişiça, Finlandiya prezidenti Putinga mamlakat har qanaqasiga NATOga kirişini aytgan. Sauli Niinistyo Finlandiyaning bu qaroriga Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirişi va Moskvaning NATO kengayişi böyiça pozitsiyasi sabab bölgan. Niinistyo mamlakatning NATOga qöşilişi öz xavfsizligini mustahkamlaşi bilan birga boşqa davlatlar bilan hamkorlikka taʼsir qilmasligini taʼkidlagan. Finlandiya prezidenti mamlakat tez kunlarda NATOga aʼzolik böyiça ariza topşirişini aytgan.
«Suhbat oçiq ötdi, ammo heç kim qizişmadi. Keskinlikning oldini oliş zarurligi taʼkidlandi», deydi Putin bilan suhbat haqida Finlandiya prezidenti.
«Prezident Niinistyo 2012 yil Putin bilan uçraşuvda har qanday mustaqil millat öz xavfsizligini maksimal darajada kötarişga urinişi haqida gapirganini taʼkidlagan. NATOga qöşiliş orqali Finlandiya aynan öz xavfsizligini mustahkamlaydi», deyiladi Finlandiya prezidenti rasmiy saytida.
Sauli Niinistyo Rossiya Ukrainada boşlagan uruş sabab tinç aholi vakillari jabrlanayotganini afsus bilan taʼkidlagan. Kreml rasmiy saytida yozilişiça, Rossiya prezidenti Finlandiya doimiy harbiy neytralitetidan voz keçişi xato bölganini taʼkidlagan.









