Özbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida»gi qonun 30 mart kuni Prezident tomonidan imzolandi.
Qonun bilan Jinoyat kodeksiga kiritilgan qöşimçaga köra, Özbekiston Prezidentini telekommunikatsiya tarmoqlari yoki internet butunjahon axborot tarmoğidan foydalangan holda haqoratlaş yoki unga tuhmat qiliş 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoki 2 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoxud 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Ilgari Prezidentni omma oldida haqoratlaş yoki unga tuhmat qiliş, şuningdek, mazkur jinoyatni matbuot yoki boşqa OAVdan foydalangan holda sodir etganlik uçun javobgarlik mavjud edi.
Kodeksga ommaviy tartibsizliklarga va fuqarolarga nisbatan zöravonlik qilişga omma oldida daʼvat qilganlik uçun javobgarlik kiritildi.
Unga köra, mazkur qilmişni sodir etgan şaxslar BHMning 100 baravari (24,5 million söm)dan 300 baravari (73,5 million söm)gaça jarima yoki 2 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 3 yildan 5 yilgaça ozodlikni çeklaş yoki 3 yildan 5 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Öşa harakatlar bir guruh şaxslar tomonidan oldindan til biriktirib yoki OAV, telekommunikatsiyalar tarmoqlari, internetdan, şuningdek, matnni köpaytirişning bosma yoki boşqa usullaridan foydalangan holda sodir etilgan bölsa, BHMning 300 baravari (73,5 million söm)dan 400 baravari (98 million söm)gaça jarima yoki 2 yildan 3 yilgaça axloq tuzatiş işlari yoxud 5 yildan 10 yilgaça ozodlikdan mahrum qiliş bilan jazolanadi.
Uşbu qonun rasmiy eʼlon qilingan kundan eʼtiboran kuçga kiradi.









