Xalqi oçarçilikka yuz tutgan Kim Çen In 2021 yilga purviqor nom berdi

Xalqi oçarçilikka yuz tutgan Kim Çen In 2021 yilga purviqor nom berdi

Koreya Xalq Demokratik Respublikasi yetakçisi Kim Çen In 2021 yilni “ğururli ğalabalar yili” deb atadi va uşbu yildagi bir qator iqtisodiy yutuqlarni qayd etdi. U bu haqda Koreyaning hukmron Mehnat partiyasi Markaziy qömitasi yalpi majlisining yakuniy kunida eʼlon qildi, deb yozgan “Nodon sinmun” gazetasi.  

“Kim Çen In ğurur bilan 2021 yilni milliy farovonlik tarixida nişonlanişi lozim bölgan ğururli ğalabalar yili deb atadi va milliy tiklanişning yangi yönalişlarini işlab çiqdi”, deyiladi xabarda. 

Öz navbatida, Koreya Mehnat partiyasi Markaziy qömitasi pandemiya va çegaralarni yopişni nazarda tutuvçi amaldagi çora-tadbirlarni hisobga olgan holda ekstremal şaroitlarda iqtisodiyotni barqarorlaştiriş usullarini faol izlaş va joriy etişni taʼkidlagan. Hujjatda bu mamlakatning mustaqil iqtisodiy rivojlanişi uçun foydali ekani qayd etilgan. 

Şu bilan birga, yiğilişda Koreya yarimoroli hududida ösib borayotgan beqarorlik haqida ham bayonotlar berilgan. 

“Xalqaro vaziyatning tobora beqaror bölib borayotgani va Koreya yarimoroli atrofidagi vaziyat milliy mudofaa salohiyatini kuçaytirişni heç qanday keçiktirişsiz, yanada şiddat bilan amalga oşirişni talab qilmoqda”, deyilgan yiğilişda. 

Taʼkidlanişiça, qurultoy yiğilişida raketa-yadro dasturini rivojlantiriş, şuningdek, AQŞ bilan munosabatlarga oid heç qanday bayonot berilmagan

×