Özbekistonda aholini kambağallikdan çiqariş uçun 10 trln söm imtiyozli mablağ va 2,5 trillion söm subsidiya ajratiladi. Bu haqda Özbekiston Prezidenti Şavkat Mirziyoyev videoselektor yiğilişida aytib ötdi.
Prezidentga köra, endi hokim yordamçilari, eng avvalo, işlaş imkoniyati va xohişi bor, lekin şaroiti oğir oilalarni öqitiş va öz işini boşlaşi uçun imtiyozli kredit, subsidiya yoki dehqon xöjaligi uçun ularga yer maydonlari ajratiş masalalari bilan şuğullanadi.
Hokim yordamçilari aholi bilan har kuni işlab, odamlarga davlat tomonidan yaratilgan moliyaviy imkoniyatlarni yetkazişi, tadbirkorlikka va dehqonçilikka örgatiş orqali ularni kambağallikdan çiqarişi lozim.
Bu maqsadlar uçun joriy yilda 10 trillion söm imtiyozli kredit va 2,5 trillion söm subsidiya (har bir mahallaga örtaça 1,3 milliard söm) ajratiladi.
Bundan taşqari yiğilişda Prezident aholi murojaatlari orqali joylardagi vaziyatni örganib, mahallalar qiyofasi va ijtimoiy muhitini yaxşilaş vazifasini ham qöydi.
Bu işlarni, avvalo, iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan oğir bölgan mahallalardan boşlaş kerakligi, ulardagi yöllarni şağallaştiriş, simyoğoçlarni almaştiriş, içimlik suvi tarmoqlarini quriş va taʼmirlaş lozimligi körsatib ötildi.
Şuningdek, uşbu hududlarda ijtimoiy muhit, boğça, maktab, şifoxona şaroitlarini yaxşilaş, bir söz bilan aytganda, odamlarni rozi qilişga ustuvor ahamiyat beriş muhimligi qayd etildi.









