Özbekistonda 1–5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn röyxatga oliş ötkaziladi

Özbekistonda 1–5 noyabr kunlari sinov tariqasida aholini onlayn röyxatga oliş ötkaziladi

1–5 noyabr kunlari Özbekistonda sinov tariqasida aholini onlayn röyxatga oliş ötkaziladi. Bu haqda Davlat statistika qömitasi xabar berdi.

Maʼlum qilinişiça, 2023 yilda ötkaziladigan aholini röyxatga oliş tadbiriga puxta tayyorgarlik köriş maqsadida 2021 yil 1–25 noyabr kunlari Andijon viloyatining Xöjaobod tumani, Toşkent viloyatining Yuqori Çirçiq tumani, Xorazm viloyatining Xiva şahri hamda Toşkent şahrining Yaşnobod tumanida sinov tariqasida aholini röyxatga oliş tadbiri ötkaziladi.

Davlat statistika qömitasi taşabbusi bilan Özbekiston aholisini keng kölamli röyxatga oliş tadbirlari oldidan 1–5 noyabr kunlari internet orqali aholini sinov tariqasida röyxatga oliş ötkazilişi rejalaştirilgan.

Onlayn tadbirda «Census.stat.uz» havolasi orqali Özbekistondagi va xorijdagi barça fuqarolar ixtiyoriy qatnaşişi mumkin.

×