Barça qonunlarimizning asosi insonparvarlik mezonlari taşkil etadi. Özbekiston Respublikasi jinoyat qonunining asosini ham insonparvarlik printsipi taşkil etib, jazo va boşqa huquqiy taʼsir çoralarini jismoniy azob beriş yoki inson qadr-qimmatini kamsitiş maqsadini közlamaydi.
Jinoyat sodir etgan şaxsga nisbatan u ahloqan tuzalişi va yangi jinoyat sodir etişini oldini oliş uçun zarur hamda yetarli böladigan jazo tayinlaşini yoki boşqa huquqiy taʼsir çorallari köllanilişi mumkin.
Şu bilan birga konunçilikning insonparvarlik printsipi şaxsni jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilişda ham namoyon böladi.
Uşbu huquqiy institutning mohiyati va bundan közlangan maqsad mahkum öziga nisbatan tayinlangan jinoiy jazoni ötaş tartib qoidalariga rioya etib kelayotganligi va tuzaliş yöliga ötganligini isbotlovçi naʼmunali xulq atvori uning uşbu jazoni töliq ötamasdan turib ham közlangan natijani berişiga jamiyat va davlatning işonçi komil bölişi uning kelajakdagi ötaşi lozim bölgan jazoni ötaşdan şartli ravişda ozod qilişda ifodalanadi.
Xususan Özbekiston Respublikasi jinoyat qonunining 73-moddasida “Ozodlikdan mahrum qiliş, intizomiy qismga jönatiş, xizmat böyiça çeklaş, ozodlikni çeklaş yoki axloq tuzatiş işlariga hukm qilingan şaxslarga nisbatan jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ozod qiliş qöllanilişi mumkin.
Şaxs ijro etilmagan qöşimça jazodan ham ozod qilinişi mumkin. Jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş uşbu moddaning birinçi qismida körsatilgan jazo turlari uçun örnatilgan tartib-qoida talablarini bajargan va mehnatga halol munosabatda bölgan mahkumga nisbatan qöllaniladi.
Jazoni ötaşdan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qiliş mahkum:
a) ijtimoiy xavfi katta bölmagan yoki unça oğir bölmagan jinoyati uçun sud tayinlagan jazo muddatining kamida uçdan bir qismini; muddatining kamida yarmini;
b) oğir jinoyati uçun, şuningdek qasddan sodir etgan jinoyati uçun, agar şaxs ilgari qasddan sodir etgan jinoyati uçun ozodlikdan mahrum etişga hukm qilingan bölsa, sud tayinlagan jazo
v) öta oğir jinoyati uçun, şuningdek jazodan muddatidan ilgari şartli ozod qilingan yoki jazosi yengilroği bilan almaştirilgan şaxs jazoning ötalmagan qismi mobaynida qasddan yangi jinoyat sodir etganligi uçun hukm qilingan bölsa, sud tayinlagan jazo muddatining kamida uçdan ikki qismini haqiqatda ötab bölganidan keyin qöllanilişi mumkin” deb körsatib ötilgan.
Uşbu modda mazmuniga köra şaxs sodir etgan jinoyatining oğir-yengilligi va sud tomonidan tayinlangan jazoni naʼmunali ötaganligi, mexnatga xalol munosabatda bölib kelganligini, mexnat jamosi yoki uning yaşaş joyidan berilgan ijobiy tavsifnomasi asosida jazo ijrosini nazorat qiluvçi organning taqdimnomasi, korxona, muassasa, taşkilotning yoki mahkumning iltimosnomasi asosida jazo ijro etilayotgan hududagi sud tomonidan körib çiqadi.
Jazodan şartli ravişda ozod qiliş haqida keltirilgan taqdimnoma yoki iltimosnomani körib çiqayotgan sud maxkumning ijobiy tavsiflanganligini, jazoni JKning 73-moddasi 2-qismidagi muddat davomida haqiqatda ötaganligini va boşqa holatlarni atrofliça örganib çiqib mahkumni tayinlangan jazodan şarptli ravişda ozod qiliş haqida ajrim çiqaradi.
Jinoyat kodeksining uşbu normasiga asosan jinoyat işlari böyiça Namangan tuman sudi tomonidan ham 2021 yil 17 dekabr kuni 14 nafar şaxslarga nisbatan Jinoyat kodeksining 73-moddasi qöllanilib ularga tayinlangan axloq tuzatiş işlari, ozodlikni çeklaş va muayyan huquqdan mahrum qiliş jazolaridan muddatidan ilgari şartli ravişda ozod qilindi.
Nargiza Şaripova,
JIB Namangan tuman
sudining sudyasi
Şoxrux Siddiqov,
sudya yordamçisi









