2022 yil 1 yanvardan Özbekiston qonunçiligida qator özgarişlar kuçga kiradi. “Norma” yangi yildan kuçga kiradigan asosiy özgarişlar haqida qisqaça maʼlumot berdi.
Soliq solişda nimalar özgaradi
Mahalliy işlab çiqarilgan uzum va meva-rezavorlardan tayyorlangan tabiiy ravişda açitilgan tabiiy vino (etil spirti qöşilmagan holda) va köpiklanadigan vinoning 1 daliga aktsiz soliği 1 söm etib belgilandi.
“Mehr daftari”ga kiritilgan yetim bolalar va ota-ona qaramoğidan mahrum bölgan bolalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmalar mablağlari alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi korxonalar sof tuşumining ajratmalari, şuningdek, qonunçilikda taqiqlanmagan boşqa manbalar hisobidan şakllantiriladi.
Alkogol mahsulotlarining (pivo va tabiiy vino bundan mustasno) ulgurji savdosi bilan şuğullanuvçi korxonalar sof tuşumidan ajratmalar miqdori 5%dan 3%ga pasaytiriladi. Ular byudjetga tölanadigan soliq va yiğimlarga tenglaştiriladi, soliq organlari tomonidan undiriladi va import qilinadigan alkogol mahsulotlariga nisbatan tatbiq etilmaydi.
2023 yil 1 yanvarga qadar respublika tumanlarida (Toşkent şahri bundan mustasno) faoliyat yurituvçi yakka tartibdagi tadbirkorlik subʼektlariga belgilangan ijtimoiy soliq stavkasi 2 baravarga pasaytiriladi.
QQSning salbiy summasini qoplaş (qaytariş) uçun soliq organlariga ariza bilan alohida murojaat qiliş haqidagi majburiy talab bekor qilinadi.
Soliq tölovçi tegişli soliq davri uçun soliq hisobotini topşirişda, soliq organlarini xabardor etgan holda QQS salbiy summasini qoplaş (qaytariş) talabini bildirişga haqli.
Yuridik şaxslar va yakka tartibdagi tadbirkorlar tomonidan soliq va bojxona tölovlari böyiça qarzdorlik tölanmaganda, soliq yoki bojxona organlari bankka tölovçining hisobvaraqlaridagi qarzdorlik summasiga teng miqdordagi pul mablağlarini muzlatib qöyiş va ularni 30 kalendar kunidan söng undiriş töğrisidagi farmoyişni bu haqda tölovçini xabardor qilgan holda yuboradi.
Uyali aloqa operatorlari uçun uyali aloqa xizmatlariga solinadigan aktsiz soliği stavkasi 10%gaça pasaytiriladi.
Tekşiruvlar qanday amalga oşiriladi
Nazorat qiluvçi organlar tadbirkorlik subʼektlari faoliyatini belgilangan tartibda tasdiqlangan savolnoma böyiça tekşiradi.
SSP aʼzosi bölgan tadbirkorlik subʼektining faoliyatini tekşirişda uşbu tadbirkorlik subʼekti roziligi bilan SSP xodimlari iştirok etadi.
Tadbirkorlik subʼektlari faoliyatida tekşiruvlarni ötkazişga qonunbuzilişlarga yöl qöyilişining oldini oliş böyiça profilaktika tadbirlari belgilangan tartibda ötkazilgandan söng yöl qöyiladi. Bundan soliq tekşiruvlari, jinoyat işlari va tezkor-qidiruv faoliyati doirasida, şuningdek, qonunçilik hujjatlari buzilişi haqidagi murojaatlar va maʼlumotlar asosida ötkaziladigan tekşiruvlar mustasno.
Moliyaviy sanktsiyalar quyidagi hollarda bekor qilinadi:
- kameral soliq tekşiruvi natijalari böyiça aniqlangan huquqbuzarliklar uçun;
- tadbirkorlik subʼektlari tomonidan soliq hisobotini belgilangan muddatlarda taqdim etmaganlik uçun.
Bojxona tartib-taomillari soddalaştiriladi
Ortiqça tölangan yoki undirilgan bojxona tölovlarini bojxona organlari tomonidan qaytariş töğrisidagi qaror qabul qilingandan söng uşbu mablağlar TIF iştirokçisiga uç iş kuni davomida qaytariladi.
Bojxona tölovlarini keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşning eng kam muddati 14 kun etib belgilanadi. Uşbu muddatda foizlar undirilmaydi, bunda keçiktirib yoki bölib-bölib tölaşning eng kam muddatidan ortganda töliq davr uçun foizlar hisoblanadi.
Qöşimça hisoblangan bojxona tölovlarining undirilmaydigan va qaytarilmaydigan miqdori BHMning 20%igaça etib belgilanadi.
Tovarlarning TIF tovarlar nomenklaturasi böyiça kodini aniqlaş yuzasidan bojxona organi tomonidan tayinlangan ekspertiza yakunlangunga qadar tovarlarni bojxona tölovlari tölanişini taʼminlaş orqali şartli çiqarib yuboriş amaliyoti joriy etiladi.
Zaharlilik darajasi "Yevro-4" ekologik toifa talablariga mos kelmaydigan gaz, benzin va dizel dvigatellari bilan jihozlangan "M" va "N" toifalaridagi ğildirakli transport vositalaridan foydalaniş va ularni sotiş maqsadida "vaqtinça olib kiriş" va "erkin muomala (import) uçun çiqariş" bojxona rejimiga joylaştiriş taqiqlanadi.
Pensiyalar tölaşning yangi tartibi joriy etiladi
Moliya vazirligi huzuridagi byudjetdan taşqari Pensiya jamğarmasi tomonidan moliyalaştiriladigan pensiyalar, ijtimoiy nafaqalar, kompensatsiyalar va boşqa tölovlarni tölaş tijorat banki va boşqa ixtisoslaşgan taşkilotlar tomonidan amalga oşiriladi.
Pensiya va nafaqalarni mahalla fuqarolar yiğini binosi yoki fuqaroning yaşaş manziliga yetkazib beriş şartlaridan kelib çiqib, xizmat haqi differentsiyalaşgan tartibda pensiya va nafaqalar tölanadigan (yetkazib berilgan) summaning 1%igaça miqdorda bölişi mumkin. Pensiya va nafaqalarni yetkazib beriş bilan boğliq xarajatlar Pensiya jamğarmasi va respublika byudjeti tomonidan tölab beriladi.
Soğliqni saqlaş sohasida ştat birliklari kengaytiriladi
Oilaviy şifokor punktlari va oilaviy poliklinikalarda “tibbiyot brigadalari” faoliyatini yölga qöyiş, şuningdek, aholiga yanada sifatli tibbiy xizmatlar körsatiş qamrovini kengaytiriş uçun qöşimça 10 mingta örta tibbiyot xodimlari ştatlari ajratiladi.
Markaziy tuman (şahar) şifoxonalarining Davlat byudjetidan moliyalaştiriladigan amaldagi koykalar fondining 10%i tölov asosida tibbiy xizmatlar körsatişdan tuşadigan byudjetdan taşqari mablağlar hisobiga taʼminlanadigan koykalar fondiga ötkaziladi.
Paralimpiyaçilar uçun kollejlarda qöşimça kvotalar
Olimpiya zaxiralari kollejlarining paralimpiya sport turlari bölimlariga yuborilayotgan jismoniy imkoniyati çeklangan va nogironligi bölgan sportçilar uçun 5%gaça qöşimça kvotalar ajratiladi.
Davlat sport taʼlim muassasalarida paralimpiya sport turlari böyiça trenerlarning lavozim maoşini hisoblaşda bazaviy tarif stavkalari 1,5 baravar miqdorda qöllaniladi.
Çet tilini bilganlik uçun - ustama
Xorijiy tillardan milliy va xalqaro sertifikatga ega davlat boşqaruv idoralarining barça böğinlari xodimlariga lavozim maoşiga nisbatan 20%gaça qöşimça ustama taşkilotlarning byudjetdan taşqari hamda iş haqi fondi doirasida byudjet mablağlari hisobidan tölanadi.
Boşqaruvçi kompaniyalar oldidagi qarzdorlik şartnomada körsatiladi
Notarial idoralar tomonidan mulkdorlarning boşqaruvçi oldida qarzdorligi mavjud bölgan taqdirda, uning miqdori uy-joylarga bölgan mulk huquqini rasmiylaştirişda tegişli şartnomada aks ettiriladi. Yangi mulkdor uşbu qarzdorlik haqida ogohlantiriladi.
Kontsertga faqat NKM çeki bilan
Namoyiş obʼektlari röyxatiga kiritilgan namoyiş obʼektlarida çiptalar savdosini tegişli yagona elektron tizimga integratsiya qilmagan holda amalga oşiriş NKM va hisob-kitob terminallarini qöllaş tartibini buziş deb baholanadi.
Davlat xizmatçilari daromad töğrisidagi deklaratsiyani töldiradilar
Davlat xizmatçilari, davlat uluşi 50%dan yuqori bölgan taşkilotlar, davlat korxonalari va muassasalari rahbarlari va örinbosarlari, ularning turmuş örtoği va voyaga yetmagan farzandlarining daromadlari va mol-mulki deklaratsiya qilinişi kerak böladi.
Davlat xizmatçilariga respublika hududidan taşqarida hisobraqamlar oçiş va egalik qiliş, naqd pul mablağlarini saqlaş, köçmas va boşqa mol-mulkka ega böliş taqiqlanadi (xorijda işlayotgan davlat xizmatçilari va davlat xizmatiga kirişdan oldin olingan mol-mulk bundan mustasno).
Avtomototransport vositasini ijaraga beriş şartnomasi - notarial tasdiqlaşsiz
Jismoniy va yuridik şaxslar tomonidan avtomototransport vositalarini elektron savdo platformasidagi elektron onlayn-auktsion yöli bilan ijaraga berişda şartnomalarni notarial tasdiqlaş talabi bekor qilinadi. Bunda elektron onlayn-auktsion natijasiga köra rasmiylaştirilgan bayonnoma ijara şartnomasi kuçiga ega böladi.
Taqdim etiladigan maʼlumotlar soni kamayadi
Davlat organlari, xöjalik birlaşmalari, mahalliy ijro etuvçi hokimiyat organlari va davlat taşkilotlari tomonidan aholidan, şu jumladan tadbirkorlik subʼektlaridan bir qator maʼlumotlar va hujjatlarni talab qiliş bekor qilinadi.
Sud tizimi raqamlaştirilmoqda
Sud qarorlari taraflarga onlayn tarzda, ularning iltimosnomasi böyiça esa qoğoz şaklida taqdim etiladi.
Sudyalar oliy maktabiga uning rasmiy sayti orqali ariza va murojaatlar yöllanadi. Professor-öqituvçilar va tinglovçilarning elektron reytingi, şuningdek sudyalik lavozimlariga nomzodlarni tayyorlaş doirasida va qayta tayyorlaş, ularning malakasini oşiriş kurslari tinglovçilarining öquv jarayonini onlayn tarzda nazorat qiliş tartibi joriy etiladi.
Tugallanmagan qurilişni moliyalaştiriş töxtatiladi
Quriliş-montaj işlari yakunlanganligi töğrisida quriliş sohasida hududiy nazorat inspektsiyalarining foydalanişga ruxsati olinmagan obʼektlarni joriy saqlaş uçun Davlat byudjetidan mablağlar ajratilişi taqiqlanadi.
Majburiyatlarini bajarmagan şaxslar bilan yer ijarasi şartnomalari bekor qilinadi
Köp tarmoqli faoliyatni özlaştirmagan fermer xöjaliklari bilan tuzilgan yer ijarasi şartnomalari qonun hujjatlariga muvofiq bekor qilinadi.
Qarzdorning mol-mulki kim oşdi savdosida sotiladi
Sud hujjatlari va boşqa organlar hujjatlarini ijro etişda mol-mulkni realizatsiya qiliş böyiça elektron onlayn auktsionda sotuvga qöyilgan mol-mulk uni sotişdan tuşgan pul mablağlari hisobidan auktsion ğolibiga qarzlarsiz va taqiqlardan yeçilgan holda topşiriladi. Bunda, mol-mulkni sotişdan tuşgan pul mablağlari yetarli bölmaganda qarzdorlikni tölaş majburiyati uning sobiq egasi – qarzdor zimmasida qoladi.
Şartnomaning tarafi ikkinçi tarafdan şartnoma böyiça majburiyatlarni töla yoki qisman bajarişini qabul qilgan yoxud şartnomaning amal qilişini boşqaça tarzda tasdiqlaganda, uşbu şartnomani keyinçalik haqiqiy emas deb topişni talab qilişga, agar bunday talab halollik printsipiga zid bölsa, haqli emas.
Kommunal xizmatlar körsatiş şartnomalarni monopoliyaga qarşi kuraşiş organi tekşiradi
Kommunal soha, energiya bilan taʼminlaş, aloqa xizmati, yölovçi va yuklarni taşiş va boşqa şu kabi katta ijtimoiy ahamiyatga ega bölgan sohalarda tabiiy monopoliya subʼektlari tomonidan işlab çiqilgan ommaviy şartnomalar monopoliyaga qarşi kuraşiş organi bilan kelişilganidan söng isteʼmolçilar bilan tuziladi.
Davlat xizmatlari soni köpayadi
Davlat xizmatlari markazlari orqali quyidagi xizmatlar amalga oşiriladi:
Özbekiston fuqarosi, respublikada doimiy yaşovçi çet el fuqarosi va fuqaroligi bölmagan şaxsning identifikatsiya ID-kartasini hamda Özbekiston fuqarosining xorijga çiqiş biometrik pasportini rasmiylaştiriş va beriş;
jismoniy şaxslarga ayrim faoliyat turlari bilan şuğullaniş huquqini beruvçi malaka sertifikatlarini beriş hamda ularni uşbu maqsadda attestatsiyadan ötkaziş.









