Navoiy viloyati. 2021 yilning 25 mart kuni soat 02:30 larda aka-uka 30 yoşli Jaloliddin N., va 27 yoşli Jamoliddin N.,lar boşqaruvidagi “Nexia-Ravon” rusumli avtomaşinasida Navoiy şahar I.Karimov köçasida joylaşgan “Amfiteatr” majmuasi qarşisidagi çorrahada harakatlanib ketayotganlarida ular bilan yonma-yon harakatlanib kelayotgan “Malibu” rusumli avtomaşina haydovçisi 28 yoşli Umid X., bilan bir-biriga “nega öqrayib qariysan” deb avtomaşinalarini çekkaga töxtatib, heç bir sababsiz özaro janjallaşganliklari oqibatida Umid X.,ning öng oyoq son sohasiga piçoqça bilan bir neça marotaba urib jarohat yetkazganlar.
Mazkur holat yuzasidan Navoiy şahri böyiça IIO FMB huzuridagi Tergov bölimi tomonidan Jaloliddin N., va Jamoliddin N.,larga nisbatan Özbekiston Respublikasi JKning 277-moddasi 2-qismi “a, B, v” bandi (Bezorilik, yaʼni bir guruh şaxslar tomonidan sovuq qurol bilan badanga örtaça oğir şikast yetkaziş) bilan jinoyat işi qözğatilib, gumon qilinuvçi tariqasida jalb qilinganlar.
Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.









