UzAutoMotors masalasi biroz eʼtibordan çetda qolgandi. Ammo özlarining bugungi kutilmagan absurd ayblovlari bilan yana eʼtibor markaziga tuşdi. Oliy majlis qonunçilik palatasi deputati Rasul Kuşerbayev kompaniyaga ayrim savollar bilan yuzlandi.
Eng qiziği, xatto davlat rahbari tomonidan ham fuqarolarning axborot va söz erkinligi huquqidan faol foydalanayotgani qöllab-quvvatlanayotgan bir vaqtda kompaniya işi yurişmagani uçun uni tanqid qilgan fuqarolarni ayblaş darajasiga yetib kelgani.
Kompaniya bayonotidagi asosiy jihatlardan kelib çiqib, bir qator savollar berib ötsak. Ularga «halollik vaktsinasi» tadbiq etilgan ekan.

Savol: unda nega isteʼmolçilar ular işlab çiqargan avtomobillarning sifati va ayrim detallari qöyilmay sotilayotganligidan norozi?
Eksport körsatkiçlari ortib bormoqda ekan.
Savol: avtomobil eksporti, butlovçi va boşqa ehtiyot qismlar importidan qançalik ortiq, agar ortiq bölsa?
Ular eng yirik soliq tölovçilardan ekan.
Savol: unda nima uçun kompaniya 2020 yilning 9 oyi davomida Soliq kodeksining 460-moddasiga asosan tölanişi kerak bölgan 582,6 mlrd söm miqdoridagi 3 foizlik yiğimni tölamay kelmoqda?
OAV va ijtimoiy tarmoqlarda ularga qarşi «maxsus buyurtma» bilan kimlardir böxton va asossiz xabarlar tarqatib, mamlakat iqtisodiyotiga salbiy taʼsir körsatmoqda ekan.
Savol: aynan kimlar, qanday böxton qilişmoqda? Bu aslida fuqarolarning asosli tanqidlari emasmi? Nega mazkur masala böyiça sudga murojaat qilinmayapti?
Salbiy xabarlarning tarqalişi joriy yilning avgust-sentyabr oylarida kompaniyaning kunlik tuşumini 30-40 mlrd sömga kamaytiribdi va belgilangan reja 562 mlrd sömga kam bajarilibdi.
Savol: tuşum kamligi pandemiya davrida aholi tölov qobiliyatining pasayişi, kompaniya mahsulotining sifati va narxiga bölayotgan eʼtirozlar bilan boğliq emasmi?
Fuqarolarning çiqişlari Özbekistonda investitsiya jozibadorligiga salbiy taʼsir körsatib, investorlarning yurtimizga investitsiya olib kirişida ikkilaniş paydo qilmoqda ekan.
Savol: bu ikkilanişlar avtomobil sohasi öta monopollaşib, ularga katta imtiyozlar berilib, erkin raqobat bozori yöqligida emasmi?
150 mln yevro miqdoridagi davlat ahamiyatiga molik hamkorlik kelişuvini keçikişiga ham fuqarolarning kompaniya haqida salbiy xabarlar çiqarişi sabab bölgani aytilmoqda.
Savol: bu teng raqobat, bozor qoidalari va zamonaviy boşqaruv qobiliyati yöq boşqaruv oqibatida horijlik hamkorlar bilan erişa olinmayotgan kelişuvlar böyiça rahbariyatga izoh berişda hamma aybni öz isteʼmolçilik huquqi va Konstitutsiyaviy söz erkinligidan foydalanayotgan fuqarolarga «tönkab», javobgarlikdan qutuliş yöli emasmi?
Kompaniya axborot sohasidagi qonunlarni va maʼmuriy javobgarlik töğrisidagi kodeks talablari böyiça javobgarlik belgilanganligini eslatib ötibdi.
Savol: kompaniya Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi, «Isteʼmolçilarning huquqlarini himoya qiliş töğrisida»gi, «Raqobat töğrisida»gi, «Axborotlaştiriş töğrisida»gi Qonunlarning talablaridan ham xabardormi?
Va sönggi savol: kompaniyaning işi yurişmasa aybni bağrikeng va sabrli yurt fuqarolariga tönkaş dunyoning yana qaysi avtomobil kompaniyalari hayotida kuzatilgan?
Yana bir masala: men birorta horij kompaniyasi vakilini körmaganman, horijda çiqarilgan avtomobilim ham yöq, agar eski «Moskviç 407»ni aytmasa. Bu masalada buyurtmaçim faqat saylovçilar.









