Maşhur London avtobusi nega ikki qavatli va qizil rangda?

Maşhur London avtobusi nega ikki qavatli va qizil rangda?

Ilk bor London sözini eşitganingizda xayolingizga Big–Ben, Tauyer köprigi yoki afsonaviy telefon şaxobçalari kelişi mumkin. Şunga qarmasdan, şaharda muntazam sayr qiluvçi ikki qavatli qizil avtobusni eslamasdan iloj yöq. Nega bu transport turi qizil rangda va ikki qavatdan iboratligini biliş barçaga qiziq bölsa kerak.

Londonda XIX asrning 20-yillariga kelib  mutaxsassislar tomonidan “Omnibus”  (ilk avtobus rusumi) yölga qöyilgan. Dastlab ular otlarning maşaqqatli kuçi yordamida yölovçi taşişgan bölsa, keyinçalik “omnibus” relslar yordamida harakatlanib, rivojlana boşlagan.

Ammo Buyuk Britaniya aholisining soni aqlbovar qilmas darajada ösavergaç, 1847 yilga kelib, ikki qavatli avtobus joriy etiş öylab topildi va yölga qöyildi. Lekin bu transportda harakatlaniş juda noqulay edi. Oradan 5 yil ötgaçavtobusda yölovçilar uçun qulay şaroitlar yaratildi.

“Omnibus” esa öz nomi va şaklini saqlab qoldi.

Qizil rang esa aynan, yomğir-qor mavsumlarida közga taşlanib turiş maqsadida tanlangan. Maʼlumki, Londonda salqin ob-havo şaroiti köp uçraydi, bu esaavtobusda harakatlanuvçi aholiga ham qulaylik yaratadi.

×