Yomon xabar yaşin tezligida tarqaladi. Andijon şahrida ayol kişi öz qarindoşlari – 10 yoşli öğil bola va 7 yoşli qizaloqni şavqatsizlarça öldirib, çoyşabga örab pol tagiga yaşirgani haqidagi xabar ham şunday tez tarqaldi va barçaning yuragini larzaga soldi.

Qotillik sodir etilgan Andijon şahar Özbekiston mahallasi, Zafar köçasida bölganimizda aholi öz farzandlarini vahima va qörquvdan köçaga öynagani ham çiqarmay qöyganini aytişdi.



Prokuratura ayni paytda jinoyat sodir etgani aniqlangan Yo.D işi böyiça dastlabki tergov harakatlarini boşlagan.
Aniqlanişiça, bu ayolning nomida bölgan uyda 2022 yil aprel oyidan buyon qarindoşi (xolavaççasi), 2 nafar voyaga yetmagan farzandi (öğli 10 yoş, qizi 7 yoş) va buvisi bilan yaşab kelişgan.
Ayol öz körsatmasida xolavaççasini oilasi buzilib ketişiga sababçi bölganlikda ayblab, yuklarini öz uyiga olib kelmoqçi bölganida xolavaççasi bunga qarşilik qilgani, unga uyni böşatib qöyiş haqida qöygan talabini ham rad qilib kelayotganini bildirgan.
Şunda ayol xolavaççasidan qasd oliş maqsadida uning uyda yöqligidan foydalanib 16 iyun kuni uyga kelib, xolavaççasining 2 nafar farzandini qasddan öldirib, jasadlarini uyning ayvon qismiga, pol tagidagi yertölaga yaşirgan.
Voqea qanday bölgan?
Onaizor bolalarini yöqolib qoldi deya qöni-qöşnilar bilan uç kun izlagan edi.

“Yolğiz ona bolalari bilan yaşardi. Rözğor, tirikçilik uçun işlardi. Har kuni köz oldimizda yurgan bolajonlar. “Bolalarim yöqolib qoldi” deb yugurib qoldi. Hamma izlaşga tuşdi. Qotillikda ayblanayotgan ayolni yaxşi tanirdik. Heç bunday iş qiladiganga öxşamasdi. Hamşira bölgani uçun nevaralarimga ukol qilardi. Homilador edi. Uni bu darajada yovuzlik qilişi miyamga siğmayapti.

Bolalarni öligi topilgan kuni onaning ohu-zori, dodini eşitib yuraklarimiz tökilib ketdi. Haligaça özimizga kelmayapmiz”, – deydi mahalla fuqarolaridan biri Zuhra Matyoqubova.
Qöşnilardan biri, bolalar jasadini pol tagidan topgan Zuhriddin Mansurov bilan suhbatlaşdik.
“Ikkala bola juda mustaqil va dadil, birov çaqirsa ketib qoladigan emasdi. 16 iyunda, bolalar yöqolib qolgan kundan boşlab, içki işlar izlaşni boşladi. Men ham ikki-uç kilometr Oq gör mahallasigaça borib izladim.
Dökonlarga qöyilgan kameralarni körib çiqdik. 16 iyunda faqat katta yöl böyidagi bitta kiçik dökon kamerasidan aka-singil “Rollton“(tez tayyorlanadigan lapşa) sotib olgani maʼlum böldi. 17 iyunda temir yöl vokzali tomonni, 18-da aeroport tomonni izladik.

19 iyunda uylariga kirsam, bolalarning onasi qarindoş ayollar bilan birga ekan. Topilmaganini bildim. Keyin özimni ayolim bilan ularnikiga piçoğimizni olib, tarvuz söyib beriş uçun yana kirdik. Çunki ularning uyidagi barça piçoqlar IIB tomonidan olib qöyilgan edi. Kirganimizdan söng, ayollardan biri “polni töğrilab bering” dedi. Polni taxtasini olsam, sassiq hid çiqib ketdi. Bir qopda şişa bankalar turgan ekan, kötarib olsam, tagida çoyşabga boğlangan bola qölini körib qoldim.
Onasi “dod” soldi. Men qörqib taşqariga yugurib çiqib ketdim. Çunki menga bolani qöli qimirlaganday tuyulgan edi. Keyin qöşnilar fonar yoqib turişdi. Jasadlarni olib çiqdik. Voqea juda qörqitib qöydi”, deydi guvoh Zuhriddin Mansurov.
Qöni-qöşnilar bölgan hodisadan vahimaga tuşib qolişgan. Hammaning tinçi buzilgan. Keçqurunlari kattalar ham köçaga çiqmay qöyişgan.

“Ayolning öz xolavaççasiga “Meni oilamni buzding” deb mana şu qabihlikni qilişi juda yomon iş böldi. Oldingi turmuşi buzilgan va ikkinçi turmuşi bilan yaşar edi. Mahallaga yomon böldi. Şirin, bir-biriga mehribon bolalar qurbon böldi. Aka-singil öta mehribon edi. Endi qörquvda yaşayapmiz. Köçalarimiz böm-böş. Mana, bugun sizlar kelganingiz uçun köçaga çiqdik. Bolalarni birov köçaga çiqarmay qöygan. Qörqyapmiz”, – deydi yana bir qöşni Muharram Davlatova.
Huquq tartibot idoralari – voqea tafsilotlari haqida
Qarindoşlar örtasida kelişmovçilik oqibatida kelib çiqqan bu qotillik hududdagi 24-maktabda huquq tartibot idoralari, mahalla ahli iştirokida muhokama qilindi.
Andijon viloyat IIB boşliğining birinçi örinbosari Farrux Ğiyosov, viloyat prokurori örinbosari Doniyor Masaliyev iştirokida ötkazilgan muhokamada jinoyatning kelib çiqiş sabablari tahlil qilindi.


Farrux Ğiyosovning aytişiça, mudhiş voqeaning yuz berişiga qarindoşlar örtasida 3-4 oy oldin sodir bölgan voqea sabab bölgan. Gumonlanuvçining turmuş örtoği u bilan ajraşgan. Şundan söng gumonlanuvçi turmuş örtoği bilan ajraşgani sababini bolalarning onasidan körib, qasd oliş maqsadida ularni öldiriş rejasini tuzgan.

Ğiyosov voqeani quyidagiça tuşuntirdi: “Bolalarning onasi S.D. Andijon şahridagi ‘Yangi bozor” hududida oziq-ovqat mahsulotlari sotiş bilan şuğullanib keladi. Odatda ayol har kuni ertalab işga çiqib ketadi, farzandlari esa uyda qarovsiz qoladi. Bir kuni u bilan yaşovçi qarindoşi D.Yo. turmuş örtoğining Toşkent şahrida işlab yurişidan foydalanib, S.D. bilan birga yaşovçi uyiga begona erkakni olib kelgan. Bundan xabar topgan S.D. xolavaççasining akalariga xabar bergan. Buni eşitgan akalar voqea joyiga kelgaç, D.Yo. uydagi eri ekanini, Toşkentdan kelganini aytgan. Akalari D.Yo.ning turmuş örtoğiga qönğiroq qilgaç, bor holat oydinlaşgan.
Şu sabab ham D.Yo. turmuş örtoğidan ajraşgan, bunda S.D.ni aybdor körib, unga nisbatan qasd qilgan. Bolalarini öldirib öç olmoqçi bölgan. 2022 yil 16 iyun kuni S.Dning katta farzandi Sayfiddin çömilişga çiqib ketganida, qizi – 2-sinf öquvçisi Robiya uyda qolgan. Şu yerda bölgan D.Yo. qizni hammomga olib kirib böğib öldirib, qopga solib, pol tagiga yaşirgan. Keyin 5-sinf öquvçisi bölgan Sayfiddin çömilişdan kelgan. D.Yo. uni uxlaşini poylagan. 15:00–16:00 larda bola uxlagan. D.Yo. uning köksi va boşqa joylariga ötkir tiğli jism bilan jarohat yetkazgan. Bola uyğongan va qarşilik körsatişga uringan. Piçoğni uşlagani uçun qölida ham jarohati bor. D.Yo uni ham böğib öldirib, yertölaga olib tuşib qöygan.
Ona işdan kelib, bolalari yöqligini bilgan va IIBga xabar bergan. IIB xodimlari D.Yo. bilan suhbat ötkazgan. Oradan ikki kun ötib jasadlar topilgan”.
Viloyat prokurori örinbosari Doniyor Masaliyev mahalla ahli va jamoatçilik vakillariga ikki norasida gödakdan birini qopga solingan, yana birini çoyşabga öralgan jasadi topilişi bilan boğliq qotillikning sabablari böyiça töxtaldi.

Maʼsul töplanganlarga jinoyatçiga jazo muqarrarligi taʼminlanişi aniqligi haqida gapirib: “Mudhiş holatni oldini oliş mumkin edi-ku?” degan savolni taşladi. Mahalla vakillari ham öz fikrlarini bildirişdi.
Jinoyat işi qözğatilgan
Andijon viloyat prokuraturasida böldik. Prokuraturaning alohida muhim işlar böyiça tergovçisi Sarvarbek Hamidov mazkur holat böyiça Jinoyat kodeksining 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan jinoyat işi qözğatilgani haqida maʼlumot berdi.
Hozirda jinoyat böyiça dastlabki tergov harakatlari viloyat prokuraturasining öta oğir jinoyatlarni tergov qiliş bölimi tomonidan olib borilmoqda.


Mazkur qotillikning qanday sodir bölgani haqida maʼlumotlar hozir şu. Lekin qarindoş ayollarning adovati ortidan ikki norasida bolaning qurbon bölgani juda açinarli holat.
manba: Kun.uz









