Ğuzor tumanida sodir etilgan qotillik haqida xabar berilgan edi.
Ğuzor tumani prokuraturasi tomonidan JKning 97-moddasi 2-qismi “a” bandi bilan holat yuzasidan qözğatilgan 10207-2/2019-15-sonli jinoyat işi böyiça dastlabki tergov harakatlari natijasida marhuma R.Xujaqulova va uning voyaga yetmagan öğli A.Xasanovlarning ölimi böyin sohasini kesilgan yarasi, qalqonsimon toğayni, öng va çap uyqu arteriyalarini kesilişi körinişidagi oğir tan jarohatlari natijasida vafot etganligi aniqlangan.
Qaşqadaryo viloyat IIB ekspert-kriminalistika bölimining xulosasida quyidagilar maʼlum böldi: -hodisa joyidan olingan 20 sm uzunlikdagi qora dastali piçoqdan olingan 3 ta skoç bölagida fuqaro S.Ismoilovaning barmoq izi topilgan.
Olib borilgan tergov-tezkor harakatlari davomida, uşbu qotillik jinoyatini Ğuzor tumani “Yangikent” MFY, Yangikent qişloğida yaşovçi, muqaddam sudlanmagan, uy bekasi, 1980 y.t Ismoilova S. sodir etganligi aniqlangan. Hozirda voqea sabablari örganilmoqda. Lekin şunisi aniq, jinoyat uçun jazo muqarrar. Manba Aniq.uz









