Kreml 2024 yilga belgilangan Rossiyada bölib ötadigan prezidentlik sayloviga tayyorgarlik köra boşlagan. Bu haqda RBK batafsil muhokamadan xabardor manbalarga tayanib xabar bermoqda.
Suhbatdoşlarga köra, joriy yilning yozidan boşlab tayyorgarlik muhokama qilinmoqda. Prezidentlik saylovi masalasi kötarilgan yiğilişlarda Rossiya Federatsiyasining amaldagi Prezidenti Vladimir Putinning saylovoldi taşviqoti ehtimoli haqida söz borgan.
“Maʼlum bir nomzod bilan kampaniya muhokama qilinmoqda. Hozirda boşqa variantlar yöq”, deb taʼkidlagan suhbatdoş.
Biroq, boşqa ikki manbaning qayd etişiça, Kreml heç qaçon Putinning yangi muddatga ötişi yoki öta olmasligini aniq aytmagan.
Joriy yilning noyabr oyi oxirida Putin 2024 yilgi saylovlarda iştirok etiş töğrisida hali qaror qabul qilmagani xabar qilingan. Davlat rahbari özining qayta saylanişini “Rossiya uçun maqsad” deb hisoblaşdan boş tortgan, biroq uning qayta saylaniş huquqiga ega bölişining özi mamlakatdagi vaziyatni barqarorlaştirişini taʼkidlagan.
Maʼlumot örnida, Rossiya Prezidenti Vladimir Putin joriy yilning aprel oyida öziga yana ikki muddat davlat rahbari lavozimini egallaş huquqini beruvçi qonunni imzolagandi. Qonun loyihasida prezidentlikka nomzodlar uçun qöyiladigan talablar ham körsatilgan. Şunday qilib, uşbu lavozimga kamida 35 yoşda bölgan, Rossiyada kamida 25 yil doimiy yaşagan va heç qaçon çet el fuqaroligi yoki yaşaş uçun ruxsatnomasini olmagan Rossiya Federatsiyasi fuqarosi daʼvo qilişi mumkin.
Rossiyada sönggi prezidentlik saylovi 2018 yilda bölgan va unda amaldagi Prezident Vladimir Putin 76,69 foiz ovoz bilan ğolib çiqqan. Bungaça Putin 2000, 2004 va 2012 yilgi saylovlarda qatnaşib ğalaba qozongan. Aprelda qabul qilingan qonundan söng, unda 2024 va 2030 yilgi Rossiya prezidentligi uçun saylovlarda öz nomzodini ilgari suriş imkoniyati paydo böldi.
Birgina Dmitriy Medvedevning 2008-2012 yillardagi rahbarligi hisobga olinmasa, Vladimir Putin 1999 yildan to hozirgi vaqtga qadar dunyodagi eng yirik davlatni boşqarib kelmoqda.









