Rossiya Xavfsizlik xizmati Doğistonda rejalaştirilgan portlaşning oldini oldi

Rossiya Xavfsizlik xizmati Doğistonda rejalaştirilgan portlaşning oldini oldi

26 dekabr şanba kuni Rossiyaning xavfsizlik xizmati (FSB) Doğiston respublikasida IŞID ekstremistik guruhiga sodiq bölgan guruh tomonidan rejalaştirilgan hujumni töxtatib, tört kişini hibsga olganini maʼlum qildi.

«Guruh aʼzolari xavfsizlik xizmatiga tegişli maʼmuriy binoga yaqin joyda portlovçi qurilmani portlatişni, söngra viloyat poytaxti Maxaçqalada içki işlar vazirligi xodimlariga qarşi qurolli hujum uyuştirişni rejalaştirgan. FSB tört nafar IŞID xalqaro terrorçilik guruhi aʼzolarini hibsga oliş bilan bir qatorda ularning joyidan qurollar, katta miqdordagi öq-dorilar va portlovçi moslamalarni topdilar” deyiladi FSB bayonotida.

17 dekabr kuni ham Çeçeniston respublikasida ikki kişi xavfsizlik kuçlariga hujum qilgandi. Ular politsiya tomonidan öldirilgan. Şuningdek, Çeçeniston poytaxti Grozniyda oktyabr oyida ötkazilgan terrorizmga qarşi operatsiyada olti kişi, şu jumladan xavfsizlik kuçlarining ikki aʼzosi öldirilgan. 

×