Yangi pasport "prava" diplom va mehnat daftarçasi kabi hujjatlarni öz içiga oluvçi mobil ilova yaratildi

Yangi pasport "prava" diplom va mehnat daftarçasi kabi hujjatlarni öz içiga oluvçi mobil ilova yaratildi

Yangi pasport, "prava", diplom, mehnat daftarçasi kabi hujjatlarni öz içiga oluvçi mobil ilova yaratildi.

Prezident Şavkat Mirziyoyev 24 dekabr kuni axborot-kommunikatsiya texnologiyalari sohasini rivojlantirişga oid loyihalar taqdimoti bilan tanişdi.

2022 yilda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali körsatiladigan xizmatlar uluşi 60 foizga yetkazilişi belgilandi.

Taqdimotda bu boradagi yana bir qulaylik: fuqaro pasportining raqamli profili haqida maʼlumot berildi. 

“Gov Pass” mobil ilovasi smartfonga örnatiladi va unda pasport, diplom, mehnat daftarçasi, haydovçilik guvohnomasi kabi köplab hujjatlar jamlanadi.

Qulayligi fuqaroning barça hujjatlari doim yonida, telefonda böladi. Bu vaqt va pulni tejab, qoğozbozlikni kamaytirişga xizmat qiladi, ovoragarçiliklarni bartaraf etadi.

“Xavfsiz şahar” tizimi ijrosiga doir masalalarga ham alohida eʼtibor qaratildi. 2026 yilgaça bu tizimni töliq joriy etiş vazifasi qöyildi.

×