Bir kunda tört-beştadan köp mandarin yeyiş mumkin emas. Bu haqda diyetolog Nadejda Tsapkina maʼlumot berdi.
Uning taʼkidlaşiça, bu meva kaltsiy, magniy, kaliy, D, K va B vitaminlarining ajoyib manbaidir. Undagi kletçatka oşqozon-içak traktining normallaşişiga yordam beradi va S vitamini immunitet tizimini mustahkamlaydi.
“Fitontsidlar va efir moylari bilan birgalikda tsitrus mevalari viruslarga qarşi kuraşda yordam beradi. Bioflavonoidlar va antioksidant beta-karotin mavjudligi saraton kasalligining şakllanişiga tösqinlik qiladi”, deyilgan manbada.
Mutaxassisning qöşimça qilişiça, mandarinlarni tez-tez isteʼmol qiliş jigar muammolariga olib kelişi mumkin, çunki kuniga fruktoza normasi 40 grammdan oşmaydi.
U kuniga tört-beştadan köp mandarin isteʼmol qilmaslikni tavsiya qiladi.
“Mumkin bölgan allergik reaktsiya haqida unutmaslik kerak. Gastrit bilan oğrigan odamlar ham ehtiyot bölişlari kerak, çunki mandarinlar içak va oşqozon şilliq qavatini bezovta qilişi mumkin”, degan diyetolog.









