Dunyo olimlari, JSST va turli mamlakat hukumatlari koronavirusning yangi ştammi paydo bölganidan taşvişda. Yaqin vaqtgaça uni yuqtiriş holatlari Afrika janubida, JAR va Botsvanada qayd etilgandi. Biroq endilikda Hongkong, Belgiya va Isroilda ham zararlaniş holatlari aniqlandi. Mutaxassislar yangi ştammning dunyo böylab tez tarqalişidan xavotirlanmoqda.
Hozirgi vaqtda koronavirusning yangi varianti bilan Janubiy Afrikaning Gauteng provintsiyasida 77ta va Botsvanada 4ta kasallaniş holatlari qayd etilgan.
Hongkongdagi holat kasallangan kişining JARdan uçib kelişi bilan boğlanmoqda. Orolda u yana kamida bir kişiga virus yuqtirgan. Belgiyadagi bir neça kun oldin Misrdan kelgan kişida uşbu ştamm aniqlandi. Isroildagi holatning ehtimoliy sabablari haqida hozirça maʼlum qilinmagan.
Biroq janubiy afrikalik olimlar özlari ötkazgan tadqiqotlar asosida yangi ştamm JARning deyarli barça hududida mavjud ekanini aytişyapti. Yangi ştamm amalda ikki hafta içida «delta»ni siqib çiqargani va endilikda ustun mavqeni egallagan. Tadqiqot natijalari hozirça eʼlon qilinmagan.
Buyuk Britaniya Afrikaning olti mamlakati – JAR, Botsvana, Namibiya, Lesoto, Zimbabve va Esvatini bilan aviaqatnovlarni bekor qildi. Isroil boş vaziri Naftali Bennet 25 noyabr kuni Afrikaning köplab mamlakatlariga parvozlar taqiqlanişi haqida maʼlum qildi.
Juma kuni Jahon soğliqni saqlaş taşkiloti yangi xavfga bağişlangan yiğiliş ötkazadi. Unda «Alfa», «Beta» va «Delta» ştammlariga öxşab, yangi ştammga ham grekça nom qöyilişi kutilmoqda. Hozirda yangi variant vaqtinça B.1.1.529. deb atalyapti.
Olimlarning sözlariga köra, yangi ştamm mutatsiyalari miqdori kişini dahşatga soladi. Koronavirusning oldingi variantlaridan heç biri bunçalik kuçli mutatsiyaga uçramagan.
Hozirda eng muhim savol – bu ştamm qançalik tez tarqalişi borasida.
Yangi ştamm haqida nimalar maʼlum?
Olimlarning sözlariga köra, u avvalgilaridan juda katta farq qiladi.
«Bu variant bizni hayron qoldirdi. U katta evolyutsion rivojlanişni amalga oşirdi va qariyb 50ta mutatsiyadan ötdi», deydi Janubiy Afrika Epidemiologik reaktsiya qiliş va innovatsiyalar markazi professori Tulio de Oliveyra jurnalistlarga.
50ta mutatsiyadan 30taga yaqini spayk-oqsil – virus qobiğidagi tojga öxşaş tikanlarga tegişli. Ular yordamida virus odam hujayrasiga joylaşadi.
Bu yangi ştammning eng xavotirli öziga xos jihati. Olimlarning aytişiça, vaktsinalarning katta qismi ana şu tikanlarni neytrallaştiriş uçun işlaydi.
Virusning spayk-proteindan boşqa qismi yangi variantda 10 marta mutatsiyaga uçragan. Taqqoslaş uçun, «Delta» ştammda virusning bu segmenti ikkita mutatsiyani amalga oşirgan.
Olimlarning sözlariga köra, mutatsiyalarning darajasi immuniteti kuçsiz, virusni yenga olmagan bemor tanasida qözğatilgan bölişi mumkin.
B.1.1.529 nimasi bilan xavfli bölişi mumkin?
Mutaxassislarning fikriça, kuçli mutatsiya odam uçun xavfli bölmasa-da, bu vaziyatda şuni tuşuniş kerakki, hozirda paydo bölgan virus Uhanda pandemiyaga olib kelgan virusga qaraganda tubdan farq qiladi.
Demak, hozirga qadar yaratilgan barça vaktsinalar B.1.1.529 ga qarşi samarasiz bölib çiqişi mumkin.
Xususan, ayrim mutatsiyalar şunga olib keladiki, organizmdagi odam antitanalari virusni avvalgidek osonlikça tanib olmaydi.
N501Y sifatida tanilgan mutatsiya esa virusni yanada yuqumli qiladi. Har bir yangi ana şunday özgariş bilan virus tarqalişi kölami ortadi.
Olimlar aynan şundan – virus tarqalişining yanada kengroq imkoniyatlaridan xavotirda. Bundan taşqari, yangi ştamm odam immun tizimining yaqin vaqtgaça oson aniqlaş mumkin bölgan ayrim sohalarini aldaşni örgangan.
Emlaniş foizi yuqori bölgan mamlakatlarda koronavirusning yangi varianti özini qay holatda körsatişi aniq emas.
U kasallik keçişi borasida «Delta» ştammidan qançalik xavfli ekani ham aniq emas.
Hozirça laborator tadqiqotlar ötkazilyapti. JSST mamlakatlardan epidemiologik xavfsizlik çoralarini kuçaytiriş va yangi ştamm tarqalişiga oid statistikani muntazam taqdim etişni söragan.









