Payğambar Muhammad (s.a.v.)ni haqorat qiliş ijod erkinligi hisoblanmaydi. Bu haqda Rossiya Prezidenti Vladimir Putin keça, 23 dekabr kuni anʼanaviy yillik katta matbuot anjumanida aytib ötdi.
Rossiya Prezidentining yillik katta matbuot anjumanida jurnalist ekstremizmni tarğib qiliş, his-tuyğularni haqorat qiliş bilan boğliq maʼmuriy va jinoiy işlar köpayib borayotganini taʼkidladi. Şu munosabat bilan jurnalist kimningdir his-tuyğularini himoya qiliş va rassomning özini ifoda etiş huquqi örtasidagi çegara qayerda degan savolni Prezidentga berdi.
“Ölmas polk” saytida Gitler yoki Gimmlerni joylaştiriş - bu ijod erkinligimi? Keling masalaning şu tomoni haqida öylab köraylik. <…> Payğambar Muhammadni haqorat qiliş - bu nima? Bu ijod erkinligimi? Men öylaymanki, yöq. Bu eʼtiqod erkinligi va islom diniga eʼtiqod qiluvçilarning muqaddas tuyğulariga tajovuz qiliş”, deydi davlat rahbari.
Uning sözlariga köra bu yanada keskin, ekstremistik körinişlarni keltirib çiqaradi.
“Mana ular Parijga borişdi va butun tahririyatni otib taşlaşdi” - degan Rossiya yetakçisi.
"Charlie Hebdo" işi
Frantsiyaning "Charlie Hebdo" satirik haftalik naşri 2015 yil yanvar oyida tahririyatga qilingan hujumga sabab bölgan payğambar Muhammad (s.a.v.)ning karikaturalarini joriy yilning 1 sentyabr kuni qayta çop etdi. Naşr buni 12 kişining ölimiga sabab bölgan terakt böyiça sud jarayoni boşlanişi arafasida amalga oşirdi.
Gap şundaki, bundan 5 yil avval "Charlie Hebdo" jurnali Muhammad (s.a.v.)ni hajv qilib çiqqani uçun, tahririyat terrorçilik harakati nişoniga aylangan edi. Unda 12 kişi qurbon böldi.
Hujum 2015 yilning 7 yanvar kuniga töğri kelgan.
2 sentyabr kuni Frantsiyada ilk hujum bilan boğliq sud işi boşlandi. Unda 14 gumondor hozir böldi. Sud tinglovçi 10 noyabrga qadar davom etadi.
"Charlie Hebdo” jurnalida muqaddas Islom dinining sönggi payğambari Muhammad (s.a.v.)ning karikaturasi çop etilişi musulmon mamlakatlarning Frantsiyaga qarşi eʼtiroziga sabab bölib, ziddiyatlarni oşirmoqda. Bunga nisbatan Turkiya va Eron munosabat bildirdi.
Prezident Emmanuel Makron tahririyat harakatlarini söz erkinligining ifodasi deb atadi.









