Putin öz joniga qasd qiliş haqidagi xatga imzo çekadi – Jon Bolton

Putin öz joniga qasd qiliş haqidagi xatga imzo çekadi – Jon Bolton

Agar Rossiya yadro qurolidan foydalansa, Prezident Vladimir Putin qonuniy nişonga aylanadi. Bu haqda Oq uyning milliy xavfsizlik böyiça sobiq maslahatçisi Jon Bolton CBS News telekanaliga bergan intervyusida söz oçdi.

“Menimça, biz nafaqat Putinga, balki Rossiya rahbariyatiga, rossiyaliklarga ham oçiq aytişimiz kerak: agar Putin yadroviy quroldan foydalanişga ruxsat bersa, u öz joniga qasd qiliş töğrisidagi xatiga imzo çekadi”, deydi Bolton. 

Boltonning taʼkidlaşiça, Putin qaror qabul qiliş markazi sifatida nişonlar röyxatida bor. 

“Putin Rossiya armiyasining qömondonlik va nazorat markazi bölib, qonuniy harbiy nişon hisoblanadi. U bizning maqsadlarimiz röyxatida ekanligini tuşunişi kerak”, deya qöşimça qildi Oq uyning sobiq maslahatçisi.

Qöşma Ştatlar Rossiyaning yadro qurolidan foydalaniş tahdidiga jiddiy yondaşadi, biroq tajovuzkorni yadroviy töxtatib turiş böyiça öz pozitsiyasini özgartiriş zarurligini körmayapti.

Eslatib ötamiz, joriy yilning 7 oktyabr kuni AQŞ Prezidenti Jo Bayden keskin bayonot berib, Putinning xatti-harakatlari “Armageddonni qözğatişi” mumkinligini taʼkidladi. Rossiya Federatsiyasi Prezidenti armiyaning jang maydonidagi mağlubiyatlari fonida biologik, kimyoviy yoki yadroviy qurollardan foydalanişga murojaat qilişi mumkin. Ammo hozirda Qöşma Ştatlar Rossiyaning yadro qurolidan foydalanişga tayyorlanayotganidan heç qanday alomat körmayapti.


×