Surxondaryo viloyati Şerobod tumani hokimi Ziyodulla Davlatov 2-sektor hududidagi kam taʼminlangan oilalarning uylarini taʼmirlaşga ajratilgan pulga KIA Seltos Prestige G765 avtomobilini xarid qiliş böyiça qarorni imzoladi.
Davlatovning imzosi bilan keça, 22 dekabr kuni qabul qilingan Xalq deputatlari Şerobod tuman kengaşi qarorida tuman mahalliy budjetining 2021 yil daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismi mablağlari hisobidan Özbekiston Respublikasi Prezidentining Şerobod tumanidagi Xalq qabulxonasining moddiy texnika bazasini rivojlantiriş uçun 10 mln söm mablağ ajratilişi belgilangan.
Şuningdek, tuman mahalliy budjetining 2021 yil daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismi mablağlari hisobidan xalq deputatlari tuman Kengaşining joriy yil 13 dekabrdagi VI-38-112-8-119-K/21-sonli qarori 2-bandiga asosan, tuman 2-sektor hududidagi yaşayotgan kam taʼminlangan oilalarning uy-joylarini taʼmirlaş uçun ajratilgan 100 mln söm mablağ foydalanilmaganligi hamda tuman mahalliy budjetining 2021 yil 3-çorak daromadlar rejasining orttirib bajarilgan qismi mablağlari hisobidan xalq deputatlari tuman Kengaşining 2021 yil 14 oktabrdagi VI-36-74-8-119-K/21-sonli qarori 1-ilovasi 4-bandiga asosan tuman hokimiyatiga yangi Captiva xizmat avtomaşinasi oliş uçun 300 mln söm mablağ körsatib ötilgan avtomaşinani yetkazib berolmaganligi sababli, mazkur mablağlardan 83 mln 100 ming söm tuman hokimligi moddiy texnika bazasini rivojlantirişga va 316 mln 900 ming söm mablağ tuman hokimiyatiga yangi KIA Seltos Prestige G765 xizmat avtomaşinasi oliş uçun yönaltirilgan.
Qarorda qayd etilişiça, tuman hokimiyatiga yangi Captiva xizmat avtomaşinasi yetkazib berolmaganligi sababli 14 mln 75 ming söm mablağ (5 foiz kompensatsiya mablaği) tuman hokimligi budjetdan taşqari şaxsiy hisob raqamiga tuşirilganligi maʼlumot uçun qabul qilinadi.
Şerobod tumani mahalliy budjetining 2021 yil 3-çorak daromadlar rejasining oşirib bajarilgan qismi mablağlari hisobidan xalq deputatlari tuman Kengaşining 2021 yil 14-oktabrdagi VI-36-74-8-119-K/21-sonli qarori ilovasi 36-bandiga muvofiq tuman IIB bölimining moddiy texnik bazasini rivojlantiriş uçun ajratilgan 100 mln söm mablaği tumanning “Uzunsoy” mahallasi Xatak qişloğida profilaktika inspektori xizmat uyini joriy taʼmirlaş hamda tuman IIB bölimiga qaraşli aholini qabul qiliş binosini joriy taʼmirlaş uçun yönaltirilgan.
Qaror bilan mahalliy budjetning qöşimça şakllangan mablağlari favqulodda vaziyatlarda va şunga öxşaş keçiktirib bölmaydigan çoralar körilişi talab etiladigan hollarda tuman Kengaşiga hisobot beriş şarti bilan hokimning qarori asosida yönaltirilişi mumkinligi belgilangan.
Qarorda yangi avtomobil qay maqsadda va kim foydalanişi uçun xarid qilinayotganiga aniqlik kiritilmagan. Katta ehtimol bilan bu avtomobil hokimbuvaning özlariga xizmat qiladi.









