Özbekiston endilikda çet elga kamroq avtomobil sotmoqda, ammo bu köproq foyda keltiryapti, deb yozmoqda Spot avtomobilsozlik sanoati eksportining sönggi beş yilgi statistikasiga tayanib.
Avval qanday edi?
Özbekistondan çiqarilgan avtomobillar uzoq yillar davomida asosiy eksport bozorlarida eng arzoni bölgan. 2018 yil yozida Spark va Nexia Rossiyadagi eng arzon xorijiy avtomobillar deb tan olingan va ular mos ravişda 6900 dollar va 7100 dollarni taşkil etgan. Şu bilan birga, Özbekistonda esa uşbu modellar bir neça ming dollarga qimmatroq bölgan.
Öşa yilning iyunida Prezident Şavkat Mirziyoyev avtomobil sanoatini tanqid qilgandi. Xususan, boşqaruvning barça darajalaridagi tizim korruptsiya, poraxörlik, taniş-bilişçilik botqoğiga botganligi va bir neça yillardan buyon avtomobillar çet elda öz narxidan past narxlarda sotilayotgani qayd etilgan.
Avgust oyida Özbekistonda ham, boşqa davlatlarda ham avtomobillar savdosi töxtatildi. Öşa oyning oxirida u tiklandi, ammo faqat içki bozorda. Eksportlar noyabr oyiga kelib tiklandi — öşanda Özbekiston avtomobillar narxi kötarilişi maʼlum böldi. Qozoğistonda Nexia va Ravon qariyb 5 ming dollarga qimmatladi.
Öşandan beri UzAuto Motors avtomobillari çet elda arzon narxda bölişi töxtadi. Xususan, Qozoğistonda Cobalt hozirda komplektatsiyasiga qarab 4,7 milliondan 5 million tengegaça turadi. Bu sömda 113 milliondan 120 milliongaça degani. Özbekistonda esa uşbu model narxi 97 milliondan 116 million sömgaça.
Savdolarda qanday özgarişlar?
2018 yildan boşlab eksport ham, tuşum ham asta-sekin ösib bormoqda. Agar 2016 yilda Özbekiston çet elga avtomobilni örtaça 5 132 dollarga sotgan bölsa, 2020 yilda narxlar 9201 dollarga yetdi:
Ösiş nafaqat narxlar özgarganligi bilan boğliq, balki uşbu yillarda modellar qatori ham özgardi. Sönggi yillarda, asosan, Cobalt eksport qilinmoqda. U Rossiyada ham, Qozoğistonda ham heç qaçon arzon inomarkalar qatoriga kirmagan.
Sotiş geografiyasi ham özgardi — ilgari asosiy uluş Rossiyaga töğri kelgan bölgan bölsa, hozirda bu uluşning deyarli 90 foizi Qozoğiston hisobiga töğri keladi. Qöşni respublikada Chevrolet Hyundai bilan, Cobalt esa Accent bilan raqobatlaşadi. Bu yil brend savdosi 4697 foizga ösdi.










