Ijtimoiy tarmoqlarda Olmaliq şahar Mudofaa işlari bölimi boşliği bozorda ayol kişiga nisbatan noörin xatti-harakatni amalga oşirgani aytilayotgan video tarqaldi.
Tarqalgan videoda harbiy formadagi erkak dökonga kirib, er-xotinga öğlining muddatli xizmat ötaşi uçun tuzilgan şartnoma böyiça pul tölaşi kerakligini aytayotganini köriş mumkin. Ota bunga javoban öğli uçun u pul tölaşga majbur emasligini aytib javob qaytargan. Ona ham xuddi şunday javob bergan. Şunda erkak ayolni qölidagi telefoniga taşlanib, uni tasvirga olişi mumkinmasligini aytgan. Tasvirlardan harbiy ayolni urganini taxmin qiliş mumkin.
Mazkur holat böyiça Mudofaa vazirligi rasmiy munosabat bildirdi. Unga köra, hozirda Toşkent harbiy okrugi qömondonligi va Harbiy prokuratura mazkur holat yuzasidan suriştiruv işlarini boşlagan.
Tekşiruv natijasi yuzasidan qöşimça xabar beriladi. Holat Mudofaa vazirligi tomonidan nazoratga olingan.









