Qaşqadaryo viloyatining Mirişkor tumanida elektr toki orqali baliq ovlagan şaxslar aniqlandi. Bu haqda viloyat Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi maʼlum qildi.
Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi inspektorlari Z.Ernazarov, B.Toşpölatov, M.Çöliyev va A.Salomov joriy yilning 20 dekabr kuni Mirişkor tumani “Mirişkor” kanalida nazorat reyd tadbiri ötkazgan. Reyd davomida tungi soat 23:00 larda Mirişkor tumani “Oqmaçit” MFYda yaşovçi fuqaro U.Ya va boşqalar elektr toki (elektroudoçka) yordamida noqonuniy va ayni paytda şafqatsizlarça jami 385 (uç yuz sakson beş) dona şundan, 1 (bir) dona zoğora (sazan), 1 (bir) dona sudak, 75 (yetmiş beş) dona leşç, 200 (ikki yuz) dona karas baliqlari va 108 (bir yuz sakkiz) dona Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston möylovdoriga öxşaş baliqlarni ovlagani aniqlangan.

Mazkur holat böyiça Mirişkor tumani “Oqmaçit” MFY yaşovçi fuqarolar U.Ya va uning şeriklaridan aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan 1 (bir) dona rezina qayiq (lodka), 1 (bir) dona kök rangli akkumlyator 2 ( ikki) dona elektr qarmoq (saçok), 3 (uç) metr tok uzaytirgiç sim, 1 (bir) dona nasos, 4 (tört) dona qöldan yasalgan eşkak, 1 (bir) dona sim öralgan yoğoçlar olib qöyilgan va vaqtinçalik saqlab turiş uçun viloyat Ekologiya boşqarmasining omborxonasiga topşirilgan.
Aşyoviy dalil sifatida olingan Turkiston möylovdoriga öxşaş baliqlarning Özbekiston Respublikasi “Qizil kitobi”ga kiritilgan Turkiston möylovdori (şimbaliq) turiga mansub yoki mansub emasligi yuzasidan mutaxassis xulosasini oliş uçun Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasining Zoologiya institutiga aloqa xati orqali namuna yuborilgan.

Zoologiya institutining xulosasi olingandan keyin barça noqonuniy ovlangan baliqlarga belgilangan tartib asosida tabiatga yetkazilgan zarar hisoblanadi va qonuniy çora köriş maqsadida huquqni muhofaza qiluvçi organlarga töplangan hujjatlar taqdim etiladi.









