Qaşqadaryoda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan brakonerlar aniqlandi

Qaşqadaryoda elektr qarmoq bilan baliq ovlagan brakonerlar aniqlandi
Qaşqadaryo viloyati Ekologiya va atrof-muhitni muhofaza qiliş boşqarmasi 25 oktyabr kuni Nişon tumani hududida reyd tadbiri ötkazgan. Bu haqda boşqarma axborot xizmati xabar bermoqda.
Reyd davomida Nişon tumani «Balxiyak» MFYdan Mirişkor tumaniga ötuvçi içki yöl çap tomonidagi zovurda (kollektor) sariq rangdagi jiguli rusumli davlat raqami 70 A 285 HA avtomaşinada 3 nafar şaxslar tomonidan noqonuniy ravişda, yani elektr toki bilan baliq ovlanganligi maʼlum böldi.
Inspektorlar öz vakolati doirasida şaxsni tasdiqlovçi hujjatlarni taqdim etişlarini söraşganda, bir nafar şaxs özini avtomaşina haydovçisi Nişon tumani «Balxiyak» MFYda yaşovçi Qurbonov Alimardon Xolboyeviç va Xudoyorov Alişer Berdiyoriviç, Ismatov Abduraşid Xolmatoviçlar deb özlarini oğzaki taniştirib, heç qanday hujjatlarni taqdim eta olmadi.
Şundan keyin avtomaşina közdan keçirilganda, 1 dona 15 metrli elektr simi ulangan qölbola saçok, 1 dona 15 metr elektor simi ulangan qölbola elektor tokini uzaytiruvçi moslama, 1 dona «Mustang» rusumli yangi akkumulyator, 1 dona eski elektr tokini kuçaytirgiç (elektroudoçka), 1 juft maxsus etik, oq poliyetilen xaltada jami 23 dona har xil turdagi noqonuniy ovlangan baliqlar, şundan: 2 dona laqqa, 6 dona karas, 13 dona sazan, 2 dona Özbekiston Respublikasi Qizil kitobiga kiritilgan Turkiston möylovdoriga öxşaş baliqlar borligi aniqlandi.
Aniqlangan holat böyiça uç nafar şaxs yozma ravişda tuşuntiriş xatini yozib bergan. 3 nafar şaxsdan yuqorida bayon etilgan vositalar qonuniy töxtamga kelgunga qadar aşyoviy dalil sifatida olib qöyilgan. Hozirda mazkur aniqlangan holat böyiça töplangan hujjatlar tegişli huquqni muhofaza qiliş organlariga topşiriş uçun  rasmiylaştirilmoqda.
×