Farxod Axmadjonoviç Mamadaliyev 1980 yili Namangan viloyatining Uyçi tumanida tuğilgan. 2002 yili Özbekiston davlat jahon tillari universiteti, 2017 yili Özbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat boşqaruvi akademiyasini tamomlagan. Mutaxassisligi xorijiy filologiya.
Mehnat faoliyatini 2002 yilda Toşkent şahar 296-sonli maktab öqituvçisi vazifasidan boşlagan. 2002—2021 yillar davomida insonlarga ğamxörlik xalqaro fondi Toşkent vakolatxonasi administratori, “Şarq” televideniyesi tarjimoni va boş muharriri, Namangan viloyati teleradiokompaniyasi katta muharriri, Namangan şahar va Uyçi tumani hokimliklarida turli masʼul lavozimlarda işlagan.
U 2019 yildan buyon Uyçi tumani hokimining örinbosari-investitsiyalar va taşqi savdo bölimi boşliği sifatida faoliyat yuritib kelayotgan edi.
Farxod Axmadjonoviç Mamadaliyev viloyat hokimining 2021 yil 29 martdagi qarori bilan Namangan viloyati hokimining matbuot kotibi — axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçisi etib tayinlandi.
Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini taʼminlaş hamda davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qaroriga muvofiq, uşbu lavozimga tayinlov Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi xulosasiga köra amalga oşirildi.
Hokimning matbuot kotibi axborot siyosati masalalari böyiça maslahatçi sifatida lavozim va maqom jihatidan hokim örinbosari darajasiga tenglaştiriladi.









