Prezident sessiyada bildirilgan reja va takliflardan kelib çiqib, yangi hokim va mutasaddilar oldida viloyatni yanada rivojlantiriş böyiça turgan vazifalarni belgilab berdi.
Termiz şahrida Xalq deputatlari Surxondaryo viloyati Kengaşi sessiyasi bölib ötdi. Unda Prezident Şavkat Mirziyoyev iştirok etmoqda. Bu haqda Prezident matbuot xizmati xabar bermoqda.

Maʼlum bölişiça, sessiyada taşkiliy masala körib çiqilgan, Prezident viloyat faollarining bildirgan fikrlari asosida Surxondaryo viloyati hokimi lavozimiga hokim vazifasini bajarib kelayotgan Qosimov Uluğbek Berdiqobiloviç nomzodini tavsiya etdi.

Nomzodning viloyatda aholi bandligini taʼminlaş va daromadini oşiriş, qişloq xöjaligi va sanoatni rivojlantiriş, ijtimoiy sohadagi mavjud muammolarni hal etiş böyiça rejalari eşitildi va muhokama qilindi.
Söng Surxondaryo viloyati hokimini tayinlaş masalasi ovozga qöyildi. Ovozga qöyiş natijalariga köra, Uluğbek Qosimov Surxondaryo viloyatining hokimi etib tasdiqlandi.

Prezident sessiyada bildirilgan reja va takliflardan kelib çiqib, yangi hokim va mutasaddilar oldida viloyatni yanada rivojlantiriş böyiça turgan vazifalarni belgilab berdi.

Maʼlumot örnida, Uluğbek Qosimov — 1983 yilda tuğilgan, maʼlumoti oliy, huquqşunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boşlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Boş prokuratura boşqarma prokurori, Qumqörğon tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabot va Denov tumanlarida hokim bölib işlagan.
U 2018 yilning noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat körsatgan, 2019 yil sentyabrida Farğona viloyatiga prokuror bölgandi.









