Turkiya noqulay ob-havo qiyinçiliklariga duç keldi: mamlakatning bir qismida kuçli yomğir suv toşqinlarini keltirib çiqargan bölsa, yana bir qismida qor köp yoqqanidan aholi taşqi dunyodan uzilib qoldi, deyiladi TSN telekanali xabarida.
Turkiya janubida yomğir oqibatida bir neçta aholi maskanini sel bosdi. Yöllar daryoga aylangan, ikkita köprikni suv oqizib ketgan.
Mamlakat şarqida esa kuçli qor yoğişi töxtamayapti. Oqibatda Muş viloyatidagi 60 dan ziyod aholi maskani taşqi dunyodan uzilib qoldi. Önlab avtomobillar köçalarda töxtab qoldi, deyiladi xabarda.
Noqulay ob-havo jamoat transport va elektr taʼminoti faoliyatida buzilişlarga olib keldi. Ayrim aholi maskanlarida maktablar havo yaxşilanganiga qadar vaqtinça yopildi.









