Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz keçdi

Sabr tugadi: Rossiya va Turkiya dollardan voz keçdi

Rossiya xalqaro hisob-kitoblardan Amerika valyutasini siqib çiqarmoqda. Bunda Moskvaga AQŞ bosimidan jafo çekkan savdo hamkorlari kömaklaşmoqda. Rossiya va Turkiya milliy valyutada hisob-kitob qilişga kelişib olgani dedollarizatsiyadagi navbatdagi yutuq böldi. Tez orada Turkiya banklari SWIFT᾽ning rus muqobiliga  ötişadi va “Mir” kartalarin qabul qilişni boşlaşadi. RIA Novosti xabariga asosan.

Rubl va lira uçun

Hozirda jahon savdosidagi oldi-sotdining 70 foizi dollarda amalga oşirilmoqda, lekin amerika valyutasining pozitsiyasi kundan-kunga zaiflaşmoqda. Dollardan Vaşingtonning sanktsiyalar röyxatiga tuşgan va Oq uyning agressiv va oldindan aytib bölmaydigan siyosatidan çarçagan mamlakatlar voz keçmoqda.

Bundan ikki yil ilgari Rossiya, Eron va Turkiya neft, gaz va qator tovarlar uçun hisob-kitobni milliy valyutada amalga oşirişga qaror qilişgandi. 2017 yilning özidayoq qariyb 9 foiz turk eksporti milliy valyutada amalga oşirilgandi.

2018 yil avgustida Donald Tramp turk pölati importi tarifini ikki baravarga oşirdi. Şundan söng lira dollarga nisbatan 20 foizdan ortiq qadrsizlandi. Anqara eksportyor oldiga milliy valyutada xalqaro hisob-kitoblarning uluşini oşiriş uçun har qanday vosita va mexanizmni işga soliş vazifasini qöydi.

Ötgan yili Turkiya bilan savdoning 22 foizi rubl va liraga töğri keldi. Şundan 21,1 foizi rus valyutasi  rublga. Bundan taşqari, Rossiya va Turkiya 12,9 foiz hisob-kitobni yevroda amalga oşirdi. Şunday bölsa ham qolgan 65 foizini dollar egalladi. Endilikda ikki davlat amerika valyutasidan voz keçişdagi navbatdagi qadamni taşlaşdi.

Rossiya moliya vaziri Anton Siluanov va Turkiya ğaznaçilik va moliya vaziri Berat Albayrak imzolagan hukumatlararo bitim turk banklari va kompaniyalari rus tölov tizimiga ulanişini nazarda tutadi. Turkiyada rus kartalari “Mir”ni qabul qilişga imkon beruvçi infratuzilma yaratiladi. Amalda bu
ikki mamlakatning tijorat banklari transçegaraviy ötkazmalar uçun töğridan-töğri korrespondentlik hisoblaridan yanada faol foydalanişi mumkinligini anglatadi.

SWIFT muqobili

SWIFT xalqaro banklararo axborot uzatiş va tölovlarni amalga oşiriş tizimidan 200 dan ortiq mamlakatlardagi 10,8 mingga yaqin yirik taşkilotlar foydalanadi. Vaşington Moskvaga bir neça marta uşbu tizimdan uzib qöyib bilan tahdid qilgandi.

Bu barça tahdidlarga javoban Rossiya Rossiya banki Moliyaviy xabarlarni uzatiş tizimini (SPFS) yaratdi va hozirda xitoylik, turkiyalik va eronlik tartibga soluvçilar bilan uning işini muvofiqlaştirmoqda.

Olğa siljiş sezilmoqda: SWIFT᾽ning rus muqobiliga sakkizta xorijiy banklar ulandi, uçtasi töliq ravişda tölovlarni ötkazmoqda, beştasi hozirça tizimni sinovdan ötkazmoqda.

Rossiyaga dollar tobeligini zaiflaştirişda Xitoy yordam bermoqda. Mamlakatlar örtasidagi hisob-kitobning milliy valyutadagi uluşi 17 foizga yetdi va bu ösişda davom etmoqda.

2015 yilda “Gazpromneft” özining butun neft eksportini Xitoyga yuanda amalga oşirdi. Joriy yilning avgust oyida esa “Rosneft” eksport şartnomalari uçun dollardan foydalanişni töxtatişini maʼlum qildi.

Xitoy ham özining moliyaviy tizimini (CIPS) rivojlantirmoqda. Unga bir neça Rossiya banklari allaqaçon ulangan.

Sentyabr oyida Eron bilan ham hisob-kitobni milliy valyutada faollaştirişga kelişib olindi. Iyul oyida esa Rossiya va Hindiston Markaziy banklari qurol-yaroq böyiça tegişli bitim tuzişdi. Qurol-aslaha – önlab milliard dollar keltiruvçi Rossiyaning Hindistonga asosiy eksporti. Bu boradagi eng yirik şartnoma 325 milliard rublga 5 dona “S-400” zenit-raketa tizimlarini yetkazib beriş.

×