Qator tadbirkorlik subʼektlarning soliği 90 foizga kamaytiriladi — Prezident qarori

Qator tadbirkorlik subʼektlarning soliği 90 foizga kamaytiriladi — Prezident qarori

2022 yil 1 yanvardan boşlab 2027 yil 1 yanvarga qadar yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği va yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalari 90 foizga kamaytiriladi. Bu haqda Bu haqda Özbekiston Respublikasi Prezidenti Şavkat Mirziyoyevning “Xizmatlar sohasini rivojlantirişga oid qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi qarorida belgilangan.

Qarorga köra, tadbirkorlik subʼektlariga 2022 yil 1 yanvardan boşlab 2027 yil 1 yanvarga qadar mehmonxona (joylaştiriş vositalari) va maydoni 5 ming kvadrat metrdan yuqori bölgan savdo komplekslari (şu jumladan, ular egallagan yer uçastkalari) böyiça yuridik şaxslardan olinadigan yer soliği va yuridik şaxslarning mol-mulkiga solinadigan soliq stavkalarini 90 foizga kamaytiriladi. 

Bunda 2027 yil 1 yanvargaça yangidan quriladigan obʼektlarga (şu jumladan, ular egallagan yer uçastkasiga) nisbatan mazkur imtiyozni ular foydalanişga topşirilgan oydan boşlab 5 yil muddat davomida qöllaş belgilangan.

Şuningdek, foyda soliğini hisoblaşda binolarning qiymatini ikki yil davomida amortizatsiya xarajatlari sifatida çegiriş huquqini beriladi.

Eslatib ötamiz, 2021 yilning 29 dekabr kuni Prezident Şavkat Mirziyoyev tomonidan “Özbekiston Respublikasi Soliq kodeksiga özgartiş va qöşimçalar kiritiş töğrisida”gi qonun imzolangan edi. Unga köra, Özbekistonda köçmas mulk obektlarini yuridik va jismoniy şaxs egaligidan qatʼi nazar bozor qiymati asosida soliqqa tortiş tizimi joriy qilingandi. Natijada 2022 yildan boşlab yuridik şaxslar mol-mulki soliq stavkasi 2 foizdan 1,5 foizgaça pasaytirilgan edi.

×