Amerikalik milliarder bu yil 11 milliard dollardan ortiq soliq tölaşini aytdi.
“Qiziq bölganlar uçun: bu yil 11 milliard dollardan ortiq soliq tölayman”, — deb yozdi biznesmen özining Twitter’ sahifasida.
Maʼlumot uçun: bir neça kun oldin Senat Elizabet Uorren Maskni “birovning hisobiga yaşaşni” töxtatişga va soliq tölaşga çaqirgan edi. Uşbu daʼvolarga Tesla va SpaceX asosçisi bu yil mamlakat tarixidagi barça amerikaliklardan köra köproq soliq tölaşini aytdi.
Bundan taşqari, Forbes reytingiga köra, noyabr oyida Ilon Mask tarixda boyligi 300 milliard dollardan oşgan birinçi şaxs va ötgan hafta u Amerikaning Time jurnali va Britaniyaning The Financial Times gazetasiga köra yil odami bölgandi.









