Kuraşda “ğolib” bölgan yigit örtoğini majruh qildi

Kuraşda “ğolib” bölgan yigit örtoğini majruh qildi

Murodjon (ism, familiyalar özgartirilgan) Navröz bayrami oldidan keç soat 19.00 larda sinfdoş örtoqlari Omon, Ölmas hamda Madaminlar bilan özaro kelişib, mahalla markazida joylaşgan oşxonada yayrab “dam” olişga kelişişdi. Ular oşxonada ovqatlaniş davomida uç şişa aroq spirtli içimligini isteʼmol qilib, şirakayf holda tungi soat 22:00 larda qaytişdi.

Barçasi şirakayf emasmi, bir-birlarining laqabi nima ekanliklarini, otalariva onalari kim ekanliklarini “çiroyli sözlar” bilan eslab kelişar edi. Bexosdan Omonning esiga uç kun muqaddam kimdir keçasi uyining oldiga kelib, uni tinçini buzganligi esiga tuşib qoldi. Bu işni Murodjon qilgan degan şubhada, uning böynidan qöllari bilan hazil ohangida mahkam siqqaniça uyiga borganligini va tinçini buzganligining sababini söraydi.

Murodjon böynidan mahkam siqilganligi sababli, Omonning yuziga qöllari bilan çang solib, timdalab oldi.

Bu vaqtda ular özlari öqigan maktab binosining oldiga kelib qolişgan edi. Omon Murodjonga, Murodjon esa Omonga özaro kuraşiş taklifini qilişdi va bir-birlarini yetaklab maktab yonidagi bedapoya oldiga borişdi.

Omon böğinlar şamollaşi kasalligi bilan nogironlik röyxatida turardi. Buni bilgan Murodjon Omonga “özingga işonasanmi?” deya, uning ojizligiga şaʼma qildi. Bundan jahli çiqqan Omon “işonaman, sen özingga işonsang böldi”, deb javob qaytardi.

Olişuvda Omon Murodjonni belidan quçib olgani hamon Murodjon bor oğirligini Omonning ustiga taşladi. Oyoğida bazör turgan Omon esa uni kötarolmadi, boşi bilan xuddi nayza sançilgandek yerga zarb bilan yiqildi. Ğalabadan huzurlangan Murodjon Omonning ustiga özini taşlab, “qalaysan endi, yengilganligingni tan olarsan”, deya mağrur qiçqirdi.

- Ustimdan tur, oyoqlarim işlamayapti, - deb baqirdi Omon. Omonning bu sözlarini Murodjon dastlab hazil sifatida qabul qildi va Omonga “endi şu yölga ötdingmi”, deya kinoya qildi. Omon esa haqiqatan ham qöllari va oyoqlariişlamayotganligini, nima bölganligini tuşunmayotganligini aytdi.

Şundan söng Murodjon huşyor tortib, Omonga “örtoq qörqitma, nima böldi senga”, deya uning oyoqlarini uqalay boşladi. Şu vaqt köçada “ğolib”ni kutib turgan örtoqlari baqiriq ovozini eşitişdimi, yugurib voqea joyiga kelişdi. Murodjon Omonning oyoqlarini uqalayotganligini körib, nima bölganligini sörab, ulardan biri Omonning oyoqlarini, ikkinçisi qöllarini uqalay boşladi.

Şu orada Murodjon tez yordamga qönğiroq qilib, voqea joyiga kelişlarini söradi va tez yordam maşinasida Omonni şifoxonaga olib ketişdi. Şifoxonada Omon orqa miya va çanoq aʼzolari faoliyatining buzilişi bilan asoratlaşgan orqa miyaning böyin sohasidan oğir darajali lat olişi hamda 6-böyin umurtqa tanasining yopiq parçalanib sinib çiqişi tan jarohati olganligini, endi butun umr töşakka mixlanganligini bilişganida barça “oh” tortib yubordi.

Sudda Omonning otasi Nabi aka köz yoşlarini tiya olmadi va şunday dedi:

- Murodjonning otasi mening ham örtoğim, qöşni yaşaymiz, taqdir ekan,şifokorlar öğlimni tuzatib bölmasligini aytişmoqda. Öğlimni har körganimda azob çekaman, ayolimni köziga qaray olmayman. Kelinimni ham közlarida tabassum yöqolgan, nima qilişni bilmayman. Murodjonning ham oilasi, farzandi bor, daʼvo qilsam, yana bir oila azob çekadi. Daʼvomdan voz keçaman, faqat bir şartim bor, har kuni öğlimni holidan xabar olsin, yuvintirsin, ovqatlantirsin, hojatga çiqarsin, bir insonni qay köyga solganligini körsin. Axir öğlimni kasalligini bilar ediku. Vijdoni bölsa, unga şu eng oğir jazo.

Sud iş hujjatlarini atrofliça körib çiqib, tahlil qilib, körsatuvlarga huquqiy baho berib, Murodjonga axloq tuzatiş işlari tarzidagi jazo çorasi qöllaşni lozim topdi va uni qamoqdan ozod etdi.

Biroq savol tuğiladi, spirtli içkilikning nima oqibatlarga olib kelişini nahotki bilmaymiz, kuraşda kim “ğolib” böldi? Murodjonmi yoki Omonmi, ularning keyingi taqdiri nima böladi, arzimas hazilning oqibati nimaga olib keldi?

Ğayrat Negmatov,

jinoyat işlari böyiça viloyat sudi sudyasi.

Abdusattor Abdurazzakov,

jinoyat işlari böyiça

Kattaqörğon şahar sudining raisi

×