7 soat içida 224 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

7 soat içida 224 nafar fuqaroda koronavirus aniqlandi

2020 yil 9 sentyabr soat 17:00 holatiga köra, Özbekistonda koronavirus infektsiyasi qayd etilganlar soni 44781 (+224) nafarni taşkil etmoqda.

Yangi kasallaniş holatlarining 204 nafari Toşkent şahrida, 20 nafari Toşkent viloyatida tana harorati kötarilganligi bois profilaktika maqsadida hamda koronavirusga çalingan bemorlar bilan muloqotda bölganligi sababli namuna olingan fuqarolar orasida aniqlangan.

Şu bilan birga, Yunusobod tumanida yaşagan 56 yoşli E.A. (erkak) hamda Şayxontohur tumanida yaşagan 59 yoşli Z.A. (erkak), jami 2 nafar koronavirusga çalingan bemor vafot etdi.

Bugun ayni paytga qadar Toşkent şahrida 167 nafar, Toşkent viloyatida 69 nafar, Samarqand viloyatida 9 nafar, Namangan viloyatida 8 nafar, Farğona viloyatida 5 nafar, Xorazm viloyatida 4 nafar hamda Andijon viloyatida 2 nafar bemor tuzaldi.

Şunday qilib yurtimizda 42162 (+264) nafar koronavirus infektsiyasiga çalingan fuqarolar (94 foiz) soğaygan.

Hozirda mamlakatimizda 2255 nafar bemorga şifokorlarimiz tomonidan belgilangan standartlar böyiça davo çoralari körilmoqda. 

×