Murdasi tört kun liftda qolib ketgan ayol voqeasi: Boş prokuratura va qömita bir-biriga qarşi bayonot bermoqda

Murdasi tört kun liftda qolib ketgan ayol voqeasi: Boş prokuratura va qömita bir-biriga qarşi bayonot bermoqda

24 iyul kuni 32 yoşli ayol köp qavatli uyning liftiga kirib, vafot etgan. Uşbu lift 4 kun davomida işlamayotganligi sababli, ayolning murdasi liftni içida qolib ketgan, deyiladi Boş prokuratura rasmiy bayonotida.

26 iyul kuni marhumaning yaqin qarindoşlari ayolni topib beriş yuzasidan içki işlar idorasiga murojaat qilişgan.

27 iyul kuni uy yaşovçilari tomonidan marhuma ayol lift içidan topilgan.

Mazkur holat yuzasidan prokuratura tekşiriş ötkazişni boşlagan.

Şu orada, Sanoat xavfsizligi davlat qömitasi «28 iyul kuni mutaxassislar tomonidan joyiga çiqib örganilganida, lift qurilmasining xavfsizlik moslamalari işçi holatdaligi yuzasidan birlamçi körik işlari amalga oşirildi va ularni işçi holatdaligi aniqlandi» deb rasmiy munosabat bildirgan.

«Vaholanki, lift 24-28 iyul kunlari işlamayotganligini voqea guvohlari, uy yaşovçilari öz tuşuntirişlarida, şuningdek, voqea joyida xolis suriştiruv olib borgan ommaviy axborot vositalari vakillari va jurnalistlarning videoreportajlarida töliq öz tasdiğini topgan», deyiladi Boş prokuratura rasmiy bayonotida.

Bu bayonotlardan 32 yoşli ayolning fojiali ölimining aniq sababini hali aytiş qiyin. Dastlabki xabarlarda liftning töxtab qolişiga poytaxtda kuzatilayotgan elektr uzilişlari sabab bölgani aytilgandi.

Biroq Hududiy elektr tarmoqlari korxonasi matbuot kotibi Gazeta.uzga bergan intervyusida bu kunda mazkur köpqavatli uyda elektr uzilişlari bölmaganini aytadi: «Buni dispetçerlik xizmatining favqulodda töxtatilişi haqidagi yozuvlar tasdiqlaydi», – deydi u jurnalni körsatib. – Hodisaga liftning nosozligi sabab bölgan. Buni uyda yaşovçilar ham tasdiqlaşdi».

Bloger Nikita Makarenko elektr tarmoqlari matbuot kotibining bu sözlarini yolğon deb ataydi va öşa kuni mazkur uyda elektr öçganini tasdiqlovçi maʼlumotni ilova qiladi.

Yoş, soğlom ayol yangi qurilgan uy liftiga kirib, soatlab, balki kunlab azoblanib, ayançli ölim topgani juda açinarli. Uning murdasi öşa yerda bir neça kun qolib ketgani dahşatli. Va bu hodisa javobgarligidan hamma masʼul özini çetga tortayotgani ayançli.

Ayolning 6 yoşli farzandi yolğiz qoldi.


×