Amerikalik kinotanqidçi Alonso Duralde “Red Notice” (Qizil xabarnoma) va “Don’t Look Up” (Yuqoriga qaramang) komediyasini 2021 yilning eng yomon filmlari deb atadi. Bu haqda “Entertainment Weekly” naşri xabar bermoqda.
Duralde 2021 yilda eng köp omadsizlikka uçragan 10 ta film röyxatini tuzib, ularni alifbo tartibida sanab ötdi. Ular orasida aktyor Tom Xolland iştirokidagi ikkita film – “ Chaos Walking” (Xaos qadami) ilmiy-fantastik filmi va “Best Picture Cherry” (Pastga) dramasini ham kiritilgan.
Tanqidçi, şuningdek, muvaffaqiyatsiz filmlar sifatida “Dear Evan Hansen” (Qadrli Evan Xansen) musiqali filmini va Leonardo Di Kaprio iştirokidagi “Don’t Look Up” (Yuqoriga qaramang) komediyasini ham tilga oldi.
Röyxat “Here Today” (Bugun bu yerda), “Red Notice” (Qizil xabarnoma) va “Karen” (Karen) filmlari bilan davom etdi. Eng yomon filmlar qatoriga Duralde “Arvohlar mamlakatining asirlari” va “Space Jam: A New Legacy” (Space Jam: Yangi avlod) bolalar komediyasini ham kiritdi.
“Barça filmlar katta salohiyatga ega – ularda yaxşi rejissyorlar, ssenariynavislar, aktyorlar işlagan. Biroq filmni yaratişda yöl qöyilgan ayrim xatolar loyiha muvaffaqiyatiga tösqinlik qilgan”, deydi Alonso Duralde.









